Elova Dilrabo Qudratilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili korpusi birliklarining uslubiy teglarini yaratish tamoyillari va lingvistik ta’minoti”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil12705.
Ilmiy rahbar: Hamroeva Shahlo Mirjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Xoliyorov O‘ral Menglievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili korpusi birliklarining uslubiy teglar tizimini, o‘zbek tilidagi leksema va ko‘makchi morfemalarni uslubiy xoslanishiga ko‘ra teglash va ularning lingvistik ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili korpusi qidiruv tizimida leksik, morfologik birliklarning uslubiy xoslanganlik belgisini farqlashning lingvistik, lingvodidaktik ahamiyati aniqlanib, o‘zbek tili stilistikasi asosida o‘zbek tili korpusi uchun uslubiy teglar tizimining asoslari dalillangan;
o‘zbek tili leksik birliklari uslubiy xoslanish bazasini shakllantirishning nazariy asoslari ishlab chiqilib, o‘zbek tili leksikasiga oid eskirgan so‘z, sheva va atama kabi chegaralangan leksikaga oid birliklarning uslubiy xoslanish bazasi shakllantirilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi uslubiy xoslangan so‘zlarning semantik va struktur xususiyatlari ochib berilib, chegaralangan leksikaga oid so‘zlarning uslubiy xususiyatlarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga ishlov berishda axborot-qidiruv tizimi uchun o‘zbek tili leksik birliklarining uslubiy lingvistik omillari aniqlangan;
o‘zbek tilidagi so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi, sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarning uslubiy xoslanishini avtomatik aniqlovchi dasturni ishga tushirish uchun uslubiy annotatsiyalash va ularning ma’lumotlar bazasini yaratishning lingvistik asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili korpusi birliklarining uslubiy teglarini yaratish tamoyillari va lingvistik ta’minoti mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasvirida ko‘p ma’noli uslubiy xoslangan so‘zlar o‘rnini yoritilishiga, o‘zbek tili korpusi birliklarining uslubiy teglarini va lingvistik ta’minotini yaratishga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” (2020-2021 yy.) mavzuidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 5 maydagi 04/1-859-son ma’lumotnomasi). Natijada, chegaralangan leksikaga oid so‘zlarning uslubiy xususiyatlarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga ishlov berishda, axborot-qidiruv tizimi uchun o‘zbek tili leksik birliklarining uslubiy lingvistik omillarini aniqlashga asos bo‘lgan;
leksik birliklarning korpusda berilishiga doir teglash formulalarining ahamiyati, uslubiy xoslanishiga ko‘ra leksik birliklarni tanlashga, leksik birliklarni, terminlarni avtomatik uslubiy xoslanishiga ko‘ra analiz/sintez jarayonini o‘rganish, terminlarni uslubiy xoslanishiga ko‘ra teglashtirishning umumiy tamoyillari hamda uning axborot-qidiruv tizimidagi ahamiyatini aniqlash, leksik birliklar uslubiy teglari tizimining nazariy asoslarini ilmiy asoslash, korpusda foydalanish, axborot-qidiruv tizimi uchun o‘zbek tili leksik birliklarining uslubiy jihatdan lingvistik omillarni ishlab chiqish, til milliy korpuslarida aks ettirilishiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” (2017-2018 yy.) mavzuidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 24 maydagi 04/1-1015-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy birliklarning uslubiy xoslanganlik belgisini farqlashning ahamiyatini aniqlash, o‘zbek tili leksik birliklari uslubiy xoslanish bazasini shakllantirishning nazariy asoslari ishlab chiqish, o‘zbek tili leksik birliklarining, jumladan terminlarning uslubiy xoslanish bazasi tayyorlash kabi masalalar o‘z echimini topgan.