Caidjanova Zebo Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “So‘fi she’riyati qo‘lyozma manbalari va matniy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1316.
Ilmiy rahbar: Zohidov Rashid Fozilovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usman Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nuriddinov Shahobiddin Babayarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi So‘fi tarjimai holini tiklash, davr adabiy muhitida tutgan o‘rnini belgilash, devonining tarkibiy tuzilishini, ijodiy merosi ko‘lami, mazmun-mundarijasi va adabiy qimmatini  ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fining to‘liq tarjimai holi ilk marta tiklanib, So‘fi sohibidevon shoir sifatida devon tuzishda an’ana bilan birga mavzuni rivojlantirib, uni davrga xos yangicha ohanglar, ifoda vositalari, obrazlar bilan  boyituvchi yangicha uslubni joriy etgani dalillangan; 
So‘fi devoni qo‘lyozmasidagi g‘azal, muxammas, musaddas, ta’rix janridagi she’rlarning yaratilish tarixi, vazni, mazmun ko‘lami  aniqlangan;
devondagi e’lon qilinmagan 348 misradan iborat 21 ta yangi g‘azal ilk bora eski o‘zbek yozuvidan tabdil qilinib, ilmiy muomalaga kiritilgan;
shoir asarlari qo‘lyozmalari nashr variantlari bilan qiyosiy tekshirilishi natijasida matnning o‘qilishi bilan bog‘liq nuqsonlari aniqlanib, shoir badiiy mahorati hamda milliy adabiyot tarixidagi ahamiyati ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fi she’riyati va qo‘lyozma manbalari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fining to‘liq tarjimai holi, hayoti va faoliyati, adabiy merosi ko‘lami, she’rlari manbalari, devon tuzish prinsiplari, qo‘lyozmaning matn xususiyatlari hamda uning nashr variantlari bilan o‘xshash va farqli jihatlariga doir ma’lumotlardan; qo‘lyozma manbadan yangi aniqlangan g‘azal, muxammas va musaddas janrlariga mansub 348 misra she’riga doir tahliliy fikr va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 28 iyundagi 04/1-2152 son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning Xorazm adabiy muhitiga bag‘ishlangan jildi So‘fi  devoni qo‘lyozmalariga doir yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
 shoir Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fining yagona nusxadagi qo‘lyozma devoni haqidagi manbalar va matniy tadqiqi  bilan bog‘liq ilmiy  xulosalaridan  Xorazm Ma’mun akademiyasida 2019-2020 yillarda bajarilgan A-FA-2019-9 raqamli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2022 yil 20 iyundagi 128/1-22 son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida bajarilgan shu davrga oid, e’tibordan chetda qolgan yangi bir ijodkor qo‘lyozma devonini tavsiflash, uning ijodi manbalarini aniqlashga doir ilmiy-nazariy tamoyillar ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan;
xorazmlik shoir So‘fining Alisher Navoiy devon tuzish prinsiplari asosida she’rlarini jamlab, devon tuzgani an’analarni muvaffaqiyatli davom ettirgan holda o‘zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shganligi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi  orqali efirga uzatilgan ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar, xususan, “Assalom, Xorazm” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 1 iyundagi 677-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar sifati oshib, qo‘lyozma manbalarning adabiyot tarixini o‘rganishdagi o‘rni ko‘rsatilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish