Shodmonqulov Kamoliddin Murodillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali boshqarish yo‘nalishlari (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt669.
Ilmiy rahbar: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali boshqarish yo‘nalishlarini tadqiq etish asosida ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirishni tanlov asosida amalga oshirishni korxonalarning maxsus infratuzilma xizmatlari ta’minoti jihatidan faoliyat yo‘nalishi va ixtisoslashuvini investisiya oldi baholash orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
kichik sanoat zonalari boshqaruv faoliyatida uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning umumiy ishlab chiqarish jarayoni hamda investisiya loyihalari bo‘yicha risklarini tasniflash, risk darajasini baholash va boshqarishga yo‘naltirilgan maxsus xizmatni yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining oldindan belgilangan investisiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga kelgan yangi istiqbolli investision imkoniyatlardan foydalanishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi (qo‘shma) loyihalarni KSZ direksiyasi tashabbuskorligida yo‘lga qo‘yish orqali investisiyalar oqimini rag‘batlantirish asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida uzoq va qisqa muddatlarda investisiyalarning kichik sanoat zonalari faoliyatiga ta’sirini baholash asosida 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirishni tanlov asosida amalga oshirishni korxonalarning maxsus infratuzilma xizmatlari ta’minoti jihatidan faoliyat yo‘nalishi va ixtisoslashuvini investisiya oldi baholash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 06/04-02-32/2671-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yilning birinchi yarmida kichik sanoat zonalariga investorlarni jalb etish ko‘lamini 11 foizga oshirishga hamda ulardagi investision loyihalar samarali ijrosini ta’minlashga imkon bergan;
kichik sanoat zonalari boshqaruv faoliyatida uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning umumiy ishlab chiqarish jarayoni hamda investisiya loyihalari bo‘yicha risklarini tasniflash, risk darajasini baholash va boshqarishga yo‘naltirilgan maxsus xizmatni yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 06/04-02-32/2671-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali boshqarishga qaratilgan tadbirlar kompleksining ijrosi yuzasidan 2021 yilning birinchi yarmida 5,9 foizli iqtisodiy o‘sishga erishilgan;
kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining oldindan belgilangan investisiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga kelgan yangi istiqbolli investision imkoniyatlardan foydalanishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi (qo‘shma) loyihalarni KSZ direksiyasi tashabbuskorligida yo‘lga qo‘yish orqali investisiyalar oqimini rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 06/04-02-32/2671-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida potensial va istiqbolli investorlar o‘rtasida sog‘lom raqobatning o‘sishiga erishilgan va potensial va istiqbolli investorlarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari 21 foizga yaxshilanishi asosida ularning yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ishtiroki 9,6 foizga, o‘zlashtirilgan investisiyalardagi ishtiroki 18,6 foizga oshgan;
Qashqadaryo viloyatida uzoq va qisqa muddatlarda investisiyalarning kichik sanoat zonalari faoliyatiga ta’sirini baholash asosida 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2021 yildagi investision strategiyani ishlab chiqishda, davlat investisiya siyosati bo‘yicha xatarlarni boshqarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 06/04-02-32/2671-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali investision boshqarishning uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlari tizimini ishlab chiqishga erishilgan.