Norbaev Bahrom Baxtiyorovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zarafshon daryosi suv havzalarida tovar baliq etishtirishda venger karp baliq zotidan samarali foydalanish”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.RhD/Qx826.
Ilmiy rahbar: Xolmirzaev Dustmuxammad, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Camarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Soatov O‘tkir Rajabovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Kuzmetov Abdulaxmet Raimberdievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon daryosi suv havzalaridagi baliqchilik xo‘jaliklarida venger karp baliq zotining biologik, mahsuldorlik va tovarlik xususiyatlarini aniqlash asosida baliq etishtirish hajmini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mamlakatimizga import qilingan venger va vetnam karp baliqlarining Zarafshon daryosi suv havzalarida joylashgan baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlarining ekster`er, tana tuzilishi indekslari, Ful`ton bo‘yicha semizlik koeffisienti aniqlangan;
ilk bor mamlakatimizga import qilingan karp baliq zotlari saqlanuvchanligiga chetdan olib kelish muddatlarining ta’siri, kislorod tanqisligi (gipoksiya) ga chidamliligi va iqlimlashtirish xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor voyaga etgan naslli ota-ona karp baliqlarining reproduktiv xususiyatlaridan: ikralarning o‘lchami, vazni, ona baliqlar ishchi serpushtligi, ikralarning urug‘lanish va yorib chiqqan 3 sutkalik lichinkalar ulushi, voyaga etgan erkak karp baliqlarning eyakulyat hajmi va spermasining faolligi aniqlangan;
mahalliy va import qilingan karp baliq zotlarining biologik va mahsuldorlik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, baliqchilik xo‘jaliklarida tovar baliq etishtirish uchun venger karp baliq zotidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zarafshon daryosi suv havzalarida tovar baliq etishtirishda venger karp baliq zotidan samarali foydalanish mavzusidagi dissertatsiya ilmiy-tadqiqot ishlari asosida:     
tovar baliq mahsuldorligini ko‘paytirishda venger karp baliqlaridan samarali foydalanish usuli Samarqand viloyati Kattaqurg‘on tumani “Kattaqurg‘on Jayxuni” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 21 iyun`dagi 02/23-257 son ma’lumotnomasi). Natijada 1 kg tovar baliq etishtirishda venger karp baliqlari mahalliy va vetnam karp baliq zotlariga nisbatan tannarhi 5,5 va 2,4 ming so‘mga kam bo‘lishga erishilgan. Bu  rentabellik darajasini mos holda 14,9 va 6,5% ga oshirishga imkon bergan;  
tovar baliq mahsuldorligini ko‘paytirishda venger karp baliqlaridan samarali foydalanish usuli Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi “Oq Amur baliqlari” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 21 iyun`dagi 02/23-257 son ma’lumotnomasi). Tovar baliq sotishdan olingan foyda mahalliy va vetnam karp baliqlarida mos ravishda 2584,75; 3811,2 ming so‘mni tashkil etib, venger karp baliqlarida esa 4979,45 ming so‘mni tashkil etgan. Bu bilan venger karplari o‘z tengqurlariga nisbatan rentabellik darajasi 30; 14,8% ga yuqori bo‘lishga erishilgan;
import qilingan venger karp baliq zotlarni xo‘jalikning issiq-quruq ekologik sharoitiga iqlimlashtirish va mahsuldorligini oshirish yo‘llari Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Golden Lake Fish” MChJ ga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 21 iyun`dagi 02/23-257 son ma’lumotnomasi). Natijada mart va aprel oylarida keltirilgan venger baliqlari tabiiy hovuzda saqlanuvchanlik ko‘rsatkichi mos holda  97,3 va 94,2 foizni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan yashovchanligi 3,1% yuqori bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish