Eshonqulov Laziz Norqobul o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar estetik tafakkurini shakllantirishda hajviylikning kognitiv ahamiyati”, 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Estetika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal615.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand   davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Samadov Aktamkul Rafikovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Bazarova Feruza G‘aybulloevna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar estetik tafakkurini shakllantirishda hajviylik (kulgililik) kategoriyasining kognitiv ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hajviylik jamiyatning ijtimoiy-siyosiy vaziyati, turli mafkuraviy tuzumlari ta’sirida maqsad va usullarini o‘zgartirib, asrlar davomida satira va yumor, hajv va masxara, hazil va mutoyiba tarzida estetik madaniyat belgisi sifatida takomillashib borgani mantiqiy dalillangan; 
milliy badiiy-estetik tafakkurdagi hajviylik mutolaa qiluvchi yoshlarning kognitiv bilimini o‘stirish mexanizmi, tafakkurida demokratik tamoyillarni hosil qilishi, badiiy matnda so‘zni va vaqtni tejash, estetik bezak berish va so‘z o‘yini juda qiziqarli chiqish uchun hajviy obrazlarining nutqi verbal, noverbal va paralingvistik ko‘rinishida rivojlantirilganligi ochib berilgan; 
hajviylikning yoshlar estetik tafakkurini shakllantirishda ijtimoiy, biopsixologik (emotsional to‘yinganlik, emotsiyalarni ifodalash), lingvistik, (lingvokognitiv, intellektual), lingvopragmatik, (kulgi kompetensiyasi, perlokutiv effekt, lisoniy vositalar) atributlari mavjudligi asoslangan; 
hajviylikning kognitiv ahamiyati voqelikni dinamik idrok etish, fikrlarni mantiqiy umumlashtirish, qarama-qarshi voqelikni kommunikativ mexanizmi, o‘yin holatidan innovatsiyaga o‘tish, aqliy zukkolikka erishishdan iboratliligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda estetik tafakkurni shakllantirishda hajviylikning kognitiv ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:
hajviylik jamiyatning ijtimoiy-siyosiy vaziyati, turli mafkuraviy tuzumlar ta’sirida maqsadi yoki usullarini o‘zgartirib, asrlar davomida satira va yumor, hajv va masxara, hazil va mutoyiba tarzida estetik madaniyat belgisi sifatida takomillashib borganligiga doir taklif va tavsiyalar” dan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazi tomonidan bajarilgan 68-11/78 raqamli “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi grant loyihasining “Ta`lim sohasida o‘quvchi va talabalar huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan innovatsion chora-tadbirlar bo‘yicha tahliliy tadqiqot o‘tkazish va tegishli takliflar berish” deb nomlangan 2-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2021 yil 12 noyabrdagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada, Milliy ma’naviyatimiz targ‘iboti chora-tadbirlarda, aholining huquqiy madaniyati va estetik dunyoqarashini oshirishga xizmat qilgan;
milliy badiiy-estetik tafakkurdagi hajviylik mutolaa qiluvchi yoshlarning kognitiv bilimini o‘stirish mexanizmi, tafakkurida demokratik tamoyillarni hosil qilishi, badiiy matnda so‘zni va vaqtni tejash, estetik bezak berish va so‘z o‘yini, qiziqarli chiqish uchun hajviy obrazlarining nutqi verbal, noverbal va paralingvistik ko‘rinishida rivojlantirilganligiga oid konstruktiv fikr-mulohazalaridan, taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazi tomonidan bajarilgan 68-11/78-raqamli “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi grant loyihasining “Viloyatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlash va bu borada mavjud muammolar tahlili va innovatsion ”  deb nomlangan 5-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2021 yil 12 noyabrdagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada, Milliy ma’naviyatimiz targ‘iboti chora-tadbirlarda, aholining huquqiy madaniyati va estetik dunyoqarashini oshirishga  xizmat qilgan;
hajviylikning yoshlar estetik tafakkurini shakllantirishda ijtimoiy, biopsixologik (emotsional to‘yinganlik, emotsiyalarni ifodalash), lingvistik, (lingvokognitiv, intellektual), lingvopragmatik, (kulgi kompetensiyasi, perlokutiv effekt, lisoniy vositalar) atributlariga Samarqand viloyat musiqa va drama teatrida “Yosh ijodkor” tanlovi, “San’atim senga, obod yurtim!” ijodiy ko‘rik-tanlovi, “Qirolning yangi libosi”(musiqali komediya) “Maysaraning ishi” (musiqali komediya) kabi madaniy tadbirlar dastur senariylarini tayorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 7 yanvardagi 02-12-06-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, xajviylik estetik hodisa sifatida badiiy faoliyatda, san’atda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yoshlarning badiiy-estetik ijod natijasida xajviylik kategoriyasining o‘rni, ularning ijobiy va salbiy ta’siri jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarda estetik tafakkurni shakllantirishda hissiyot-emotsional qabul qilishi, obrazli tasavvurni rivojlantirishi, san’at hajviylikning kognitiv ahamiyati voqelikni dinamik idrok etish ko‘nikmasini hosil qilishi zarurligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2021 yil  efirga uzatilgan “Assalom Samarqand”, “Ma’naviyat ko‘zgusi” ko‘rsatuvlarining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 10 noyabrdagi 01-11/549-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda estetik tafakkurni shakllantirishda va obrazli tasavvurni rivojlantirishi, san’at hajviylikning kognitiv ahamiyati voqelikni dinamik idrok etish ko‘nikmasini va madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish