Xamraev Siroj Abruyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Tadbirkorlarda milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal631.
Ilmiy rahbar:Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar:Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlarda milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini shakllantirishni ijtimoiy-falsafiy jihatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy qadriyatlarning tadbirkorlar tomonidan anglanilishi, qadrlanishi, amaliy faoliyatida qo‘llanilishining jamiyatdagi o‘zgarishlar tendensiyasi dinamikasiga mafkuraviy-transformatsion aloqasi hamda siyosiy tafakkur, ijtimoiy ta’minot, iqtisodiy rivojlanish jihatdan jamiyat hayotiga madaniy jihatdan ta’siri ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston tadbirkorlariga xos ma’naviy qadriyatlarga sadoqatni mustahkamlashda shaxsiy mas’uliyatni shakllantirish,o‘zining manfatlarini jamiyat talabi bilan uyg‘unlashtirishningakmeologik mohiyati, faol demokratik yangilanishlarning tadbirkorlik faoliyati rivojiningmilliy qadriyatlar ahamiyatini anglashdagi roli asoslangan;
tadbirkorlar ma’naviyatini yuksaltirish va u asosidagi milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini mustahkamlashning pragmatik hodisa va innovatsion jarayon sifatidagi ijtimoiy munosabatlardatadbirkorlar faoliyatiga ko‘mak berish imkoniyatiningiqtisodiy ongga institutsional ta’siri ochib berilgan;
tadbirkorlar mas’uliyatini yuksaltirish jarayonini falsafiy nuqtai nazardan introvertiv – ichki va ekstrovertiv – tashqi omillarga oid ta’sirlar, ularning milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini asosida insonparvarlik, vatanparvarlik ruhini shakllantirishga xizmat qiladigan yangi me’yorlarning vujudga kelishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlarda milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
milliy qadriyatlarning tadbirkorlar tomonidan anglanilishi, qadrlanishi, amaliy faoliyatida qo‘llanilishining jamiyatdagi o‘zgarishlar tendensiyasi dinamikasiga mafkuraviy-transformatsion aloqasi hamda siyosiy tafakkur, ijtimoiy ta’minot, iqtisodiy rivojlanish jihatdan jamiyat hayotiga madaniy jihatdan ta’siriga oid ilmiy xulosa va amaliy takliflar O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan 2022 yil faoliyat rejasini tuzishda foydalanilgan. (O'zLiDeP Markaziy Kengashining 2021 yil 27 dekabrdagi 01-27/975-sonma’lumotnomasi). Natijada partiya va uning hududiy bo‘linmalarining tadbirkorlar bilan olib boradigan ma’naviy-ma’rifiy ishlari samaradorligi oshirilgan;
Yangi O‘zbekiston tadbirkorlariga xos ma’naviy qadriyatlarga sadoqatni mustahkamlashda shaxsiy mas’uliyatni shakllantirish, o‘zining manfatlarini jamiyat talabi bilan uyg‘unlashtirishning akmeologik mohiyati, faol demokratik yangilanishlarning tadbirkorlik faoliyati rivojining milliy qadriyatlar ahamiyatini anglashdagi roliga oid g‘oya va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2022 yil faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 31 yanvardagi 4-13-23-252-son ma’lumotnomasi). Natijalar Yoshlar ishlari agentligining yosh tadbirkorlar bilan olib boradigan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
tadbirkorlar ma’naviyatini yuksaltirish va u asosidagi milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini mustahkamlashning pragmatik hodisa va innovatsion jarayon sifatidagi ijtimoiy munosabatlarda tadbirkorlar faoliyatiga ko‘mak berish imkoniyatining iqtisodiy ongga institutsional ta’siriga oid amaliy tavsiyalar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 10 fevraldagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijalar jamiyatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida tadbirkorlar ma’naviyatini yuksaltirishga, ularda milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilgan;
tadbirkorlar mas’uliyatini yuksaltirish jarayonini falsafiy nuqtai nazardan introvertiv – ichki va ekstrovertiv – tashqi omillarga oid ta’sirlar, ularning milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini asosida insonparvarlik, vatanparvarlik ruhini shakllantirishga xizmat qiladigan yangi me’yorlarning vujudga kelishiga oid takliflar va tavsiyalar O‘zbekiston savdo-sotiq palatasining 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasining tadbirkorlar ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi 7-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sotiq palatasining 2022 yil 25 fevraldagi 11/05-1522-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston savdo-sotiq palatasi faoliyatidagi dolzarb masalalarni hal etishga yordam bergan.