Tilavova Umida Qahramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlar ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda informatsion etikaning o‘rni», 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal336.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tulenova Gulmira Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda informatsion etikaning o‘rnini ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«informatsion etika» kategoriyasining falsafiy tafakkur taraqqiyoti bilan bog‘liq kasbiy faoliyatda axloqiy ustuvorlikni ta’minlashning mas’uliyat bilan bog‘liq gumanistik xususiyatlari, raqamli jamiyatning barqaror rivojlanish sharti sifatidagi bilimga asoslangan tarbiyaviy-madaniy funksiyasi, aksiologik me’yori, texnologik-innovatsion vositasi sifatidagi fenomenologik mohiyati ochib berilgan;
axborot va bilimlar mutanosibligini ta’minlashda axborotning qiymatga egaligini, informatsion etikaning vujudga kelishining axborot va undan foydalanishning ahamiyati global darajada ortishi, axborotning barcha sohalardagi ustuvorligi, axborot vositasidagi manipulyasiyani baholash, intellektual mulk huquqining buzilishi, individualizm va begonalashuvning kuchayishini bartaraf etishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari asoslangan;
informatsion etika kategoriyalari sifatida kompyuter, internet, virtual, kiber etikaning informatsion deontologiya, informatsion utilitarizmga xos ontotsentrik xususiyatlari va axborotni boshqarishning jamiyat hayotiga ta’sirining indikatorlaridan biri sifatida virtual loyihalarni amaliyotda namoyon bo‘lishining miqyosi bo‘yicha aktual va potensial imkoniyatlari aniqlangan;
O‘zbekistonda yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish bilan bog‘liq ta’lim va tarbiya kontekstida vorisiylik va novatorlik uyg‘unligiga erishishning global o‘zgarishlar sharoitida ijtimoiy voqe’likka mos keladigan informatsion etikaning zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda informatsion etikaning o‘rni masalasini tadqiq etish asosida:
«informatsion etika» kategoriyasining falsafiy tafakkur taraqqiyoti bilan bog‘liq kasbiy faoliyatda axloqiy ustuvorlikni ta’minlashning mas’uliyat bilan bog‘liq gumanistik xususiyatlari, raqamli jamiyatning barqaror rivojlanish sharti sifatidagi bilimga asoslangan tarbiyaviy-madaniy funksiyasi, akseologik me’yori, texnologik-innovatsion vositasi sifatidagi fenomenologik mohiyatiga oid taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining ma’nan etuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va «ommaviy madaniyat»ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, bugungi global axborot zamonida axborotlardan foydalanish jarayonida axloqiy talablarga rioya etishga yo‘naltirish kabi vazifalari bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy loyihalarni tashkillashtirishda, ularning mazmuni va samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashining 2021 yil 3 maydagi 04-13/810-son ma’lumotnomasi). Natijada esa, mamlakatimiz yoshlarining informatsion faoliyat jarayonida maksadni to‘g‘ri anglashga o‘rgatish, axborotlar bilan bog‘lik yuzaga kelgan axloqiy muammolarni tanqidiy izohlash va shuningdek, nazariy xulosalar bilan cheklanib kolmasdan, ularning echimini amaliyotga tadbiq etish bilan bog‘liq sohalarda olib borilayotgan faoliyatning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
axborot va bilimlar mutanosibligini ta’minlashda axborotning qiymatga egaligini, informatsion etikaning vujudga kelishining axborot va undan foydalanishning ahamiyati global darajada ortishi, axborotning barcha sohalardagi ustuvorligi, axborot vositasidagi manipulyasiyani baholash, intellektual mulk huquqining buzilishi, individualizm va begonalashuvning kuchayishini bartaraf etishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari asoslanganga oid ilmiy-nazariy tahlillar, falsafiy xulosalar va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining yoshlarga yuksak axloqiy xususiyatlarga ega bo‘lgan har bir shaxsga xos bo‘lgan burch, to‘g‘rilik, o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat hissini singdirish, bugungi global axborot muhitida faoliyat yuritish jarayonida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga rioya etishga yo‘naltirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va «ommaviy madaniyat»ning zararli ta’siridan muhofaza qilish kabi vazifalari bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy loyihalarni tashkillashtirish va amalga oshirishda, shuningdek, partiya Dasturini takomillashtirish va zamon talabiga moslashtirish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy Kengashining 2021 yil 22 apreldagi 02/03-97-son ma’lumotnomasi). Natijada esa, mazkur dissertatsiya ishida ilgari surilgan ilmiy-falsafiy fikrlar bugungi zamonaviy jamiyatda yangicha qiyofaga ega bo‘lgan shaxslarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni axborotlashtirish jarayonlari bilan muvofiqlashtirishga aloqador vazifalarni samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
informatsion etika kategoriyalari sifatida kompyuter, internet, virtual, kiber etikaning informatsion deontologiya, informatsion utilitarizmga xos ontotsentrik xususiyatlari va axborotni boshqarishning jamiyat hayotiga ta’sirining indikatorlaridan biri sifatida virtual loyihalarni amaliyotda namoyon bo‘lishining miqyosi bo‘yicha aktual va potensial imkoniyatlariga oid ilmiy xulosalar va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston» telekanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyatining «Ta’lim va taraqqiyot», «O‘zbekiston yoshlari» nomli dasturlari ssenariysida (2021yil yanvar`-fevral` oylari) foydalanilgan («O’zbekiston»teleradiokanali DUK ning 2021 yil 19 martdagi O’zR-1-27-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ommaviy axborot vositalarining an’anaviy roli va ularning jamiyat kuzgusi sifatidagi asosiy vazifasi, turli xil aloqa texnologiyalaridan foydalangan holda, iste’molchilarga to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgatish va buning uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aniq va ishonchli tarzda etkazib berish imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish bilan bog‘liq ta’lim va tarbiya kontekstida vorisiylik va novatorlik uyg‘unligiga erishishning global o‘zgarishlar sharoitida ijtimoiy voqe’likka mos keladigan informatsion etikaning zaruriyati bilan bog‘liq taklif-tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish buyicha chora-tadbirlar dasturi II.Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir normativ-hukukiy bazasini takomillashtirish buyicha tashkiliy chora-tadbirlar 14 bandi “Yoshlar tarbiyasida an’ana va qadriyatlarimizning o‘rni va ahamiyati” mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 30 iyundagi 190-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli jamiyatning shakllanishi va tobora rivojlanishi jarayonida yangi va o‘zgaruvchan ijtimoiy voqe’likning xususiyatlariga mos keladigan ma’naviy va axloqiy imperativlarni shakllantirish orqali global axborot muhitida yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilgan.