Shodieva Matluba Jo‘raevnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped313.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Maxmudov Sarvar Yuldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish komponentlari o‘qituvchining jarayonli-tashkiliy bosqichlarni idrok etish, translyasiya, kasbiy monitoring yo‘nalish dinamikligi refleksiv pozisiyasining intellektual rivojlanish darajasi bilan ichki integratsiyasini adekvat faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “lifelong learning” tamoyili asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirish modeli mustaqil va uzluksiz kasbiy rivojlanishning ko‘p vektorli sharoitini ta’minlash hamda boshqarish imkoniyatlarini pedagogik, metodik, texnik, tashkiliy shart-sharoitlarni real ta’limiy muhitga moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarni turli ta’lim shakllari orqali rasmiy, norasmiy, informal o‘qitishda foydalanishga doir texnologiyalar va akmetexnologiyalar an’anaviy va elektron ta’lim texnologiyalari integratsiyasining didaktik imkoniyatlariga boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining divergent fikrlash ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish texnologiyalarini qo‘llash algoritmi pedagogik faoliyat va kasbiy rivojlantirish kombinatsiyasi imkoniyatlari hamda qayta aloqani ta’minlovchi majmuani mujassamlashtirgan ob’ekt va sub’ekt o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tizimi diagnostik funksiyalarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning reproduktiv, talqiniy, ijodiy va akme darajalarini individual ta’lim traektoriyasiga funksional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish komponentlari o‘qituvchining jarayonli-tashkiliy bosqichlarni idrok etish, translyasiya, kasbiy monitoring yo‘nalish dinimikligi refleksiv pozisiyasining intellektual rivojlanish darajasi bilan ichki integratsiyasini adekvat faollashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 664-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishga doir ilg‘or xorijiy tajribalar va zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilish, O‘zbekistonda tatbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash, akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish komponentlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini “lifelong learning” tamoyili asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirish modeli mustaqil va uzluksiz kasbiy rivojlanishning ko‘p vektorli sharoitini ta’minlash hamda boshqarish imkoniyatlarini pedagogik, metodik, texnik, tashkiliy shart-sharoitlarni real ta’limiy muhitga moslashtirish orqali takomillashtirishga oid xulosalardan PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 sentyabrdagi 02-07-1457/04-son dalolatnomasi). Natijada, “lifelong learning” tamoyili asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish texnologiyalarini qo‘llash algoritmi pedagogik faoliyat va kasbiy rivojlantirish kombinatsiyasi imkoniyatlari hamda qayta aloqani ta’minlovchi majmuani mujassamlashtirgan ob’ekt va sub’ekt o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tizimi diagnostik funksiyalarini bosqichma-bosqich tadbiq etish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 664-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning turli ta’lim shakllari orqali rasmiy, norasmiy, informal o‘qitishda foydalanishga doir ta’lim texnologiyalari va akmetexnologiyalarini takomillashtirish ko‘lami kengaytirilgan;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish texnologiyalarini qo‘llash algoritmi pedagogik faoliyat va kasbiy rivojlantirish kombinatsiyasi imkoniyatlari hamda qayta aloqani ta’minlovchi majmuani mujassamlashtirgan ob’ekt va sub’ekt o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tizimi diagnostik funksiyalarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 664-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish texnologiyalarini qo‘llash algoritmini an’anaviy va elektron ta’lim integratsiyasi asosida takomillashtirish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning reproduktiv, talqiniy, ijodiy va akme darajalarini individual ta’lim traektoriyasiga funksional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 8 sentyabrdagi 02-07-1457/04-son dalolatnomasi). Natijada, akmeologik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlash imkoni oshirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish