Dzugaeva Zarina Ruslanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tibbiyot oliy ta’limida talabalarning akmelingvistik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.PhD/Ped402.
Ilmiy rahbar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’limida talabalarning akmelingvistik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish buyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarning akmelingvistik kompetentligi progressiv kasbiy-kognitiv motivatsiyalar hamda nutq vositalari ichki va takroriy aloqalarining integrativ xossalarga mosligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning akmelingvistik kompetensiyasini takomillashtirish modeli ta’lim jarayoni sub’ektlarining funksional bloklar bilan birligini o‘qitishning adaptiv muhiti talablariga idientiv moslashtirish hamda nutqni qayta yaratish bilan bog‘liq axborotni izlashga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi amaliy nutqiy mashqlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning shaxsiy ta’lim ehtiyojlari pedagogik shart-sharoitlar infratuzilmasini grammatik kompetensiyalarning integrativ-fasilitatsion ta’lim strategiyalariga vektorli mutanosibligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
akmelingvistik kompetentlikka tayyorlash texnologiyalari vizual va kinestetik fikrlashga ega bo‘lgan talabalarni polisensor o‘qitishning manzilli rivojlantirishga qaratilgan adekvat emotsional-qadriyatli motivlarga mutanosib miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlari reprezentativligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot OTM talabalarini akmelingvistik kompetentlikni rivojlantirishga tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarning akmelingvistik kompetentligi progressiv kasbiy-kognitiv motivatsiyalar hamda nutq vositalari ichki va takroriy aloqalarining integrativ xossalarga mosligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid xulosa va takliflar A-1-197 raqamli “Ingliz tili, nemis va o‘zbek tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5427-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni ingliz tiliga o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak vrachlarning akmelingvistik kompetensiyasini takomillashtirish modeli tuzilmaviy o‘quv axborot, kommunikatsiya vositalari, ta’lim jarayoni sub’ektlari va funksional bloklar o‘rtasida barqaror aloqalar omillarining birligi ilmiy, mantiqiy, amaliy va ijodiy fikrlashni bosqichli va maqsadli ta’minlash orqali takomillashtirishga oid takliflar A-1-100 raqamli «Tibbiyot xodimlari uchun chet tili, axborot kommunikatsiyalari va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha uzluksiz malaka oshirish tizimini ishlab chiqish» loyihasi doirasida vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5427-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislar uchun rus va ingliz tillari qurilishining muvofiqliklarin aniqlashning ta’limiy mohiyati ishlab chiqilgan;
talabalarning shaxsiy ta’lim ehtiyojlari pedagogik shart-sharoitlar infratuzilmasini grammatik kompetensiyalairning integrativ-fasilitatsion ta’lim strategiyalariga vektorli mutanosibligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid talabalar «Umumiy pedagogika» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan hamda A-1-197 raqamli “Ingliz tili, nemis va o‘zbek tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3175-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mazkur texnologiyaga oid bilimlari darajasini oshirishga erishilgan;
akmelingvistik kompetentlikka tayyorlash texnologiyalari vizual va kinestetik fikrlashga ega bo‘lgan talabalarni polisensor o‘qitishning manzilli rivojlantirishga qaratilgan adekvat emotsional-qadriyatli motivlarga mutanosib miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlari reprezentativligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid natijalari va tavsiyalaridan «O‘zbekiston» teleradiokanali «Bedorlik» hamda «Millat va ma’naviyat» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 19 sentyabrdagi 04-25-1913-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilidagi norasmiy bilimlari doirasi kengaytirilgan.