Boymatova Dilnoza Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Murakkablashgan sodda gaplarda aksiologik modallikning semantik-pragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil936.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdugafur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02. 
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi murakkablashgan sodda gaplarda ifodalangan qadriyat semasiga ega konsept va aksiologik bahoning lingvistik xususiyatlarini aniqlash, shaxs omilining ma’lum sintaksemalar orqali aksiologik mazmun ifodalashdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murakkablashgan sodda gapli matnlar semantik-pragmatik mazmunining tarkib topishida “ezgulik”, “yaxshilik”, “mehr-oqibat”, “do‘stlik”, “go‘zallik”, “baxt-saodat”, “ona tili” kabi aksiologik tushunchalarning leksik-semantik, sintaktik kabi lingvistik xususiyatlari, falsafiy,  ijtimoiy, madaniy omillar va til strukturalari bilan bog‘liq bo‘lgan baholash faoliyatining lingvokognitiv jihatlari ochib berilgan;   
aksiologik modallik ifodasini ta’minlovchi lisoniy hodisalarning kognitiv, semantik va pragmatik xususiyatlari hamda “xo‘jayin”, “dadasi”, “begim”, “hazratim” kabi  murojaat birliklari, “u kishi”, “ular” kabi murojaat shakllari etnomadaniy nutq jarayoni ekanligi asoslangan; 
aksiologik modallikning murakkablashgan sodda gaplar qatnashgan badiiy matnda ifodalanishi baholash faoliyati natijasi, baholash ob’ektning eng muhim jihatlariga tanqidiy yondashishi sababli lingvopragmatika bilan bog‘liq ekanligi, uning adresant va adresat faoliyati doirasida kechadigan lisoniy kognitiv faoliyat ekanligi ochib berilgan; 
umumqadriyat sifatidagi “yaxshilik” va “yomonlik” arxisemali leksik-semantik maydonga mansub til birliklari “chaqmoq xulqli”, “qat’iyatli”, “chorpaxil” kabi ijobiy qiyofa, “lattamijoz”, “lanj”, “qo‘pol” singari salbiy qiyofa semasi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Murakkablashgan sodda gaplarda ifodalangan aksiologik modallikning semantik-pragmatik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
murakkablashgan sodda gapli matnlar semantik-pragmatik mazmunining tarkib topishida aksiologik modallikning o‘rni hamda “ezgulik”, “yaxshilik”, “mehr-oqibat”, “do‘stlik”, “go‘zallik”, “baxt-saodat”, “ona tili” kabi aksiologik tushunchalarning leksik-semantik, sintaktik kabi lingvistik xususiyatlari, falsafiy,  ijtimoiy, madaniy omillar va til strukturalari bilan bog‘liq bo‘lgan baholash faoliyatining lingvokognitiv jihatlariga oid xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan №FA-FI-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 24 martdagi 17.01/83-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning qadriyat ma’no-mazmunini anglatuvchi lingvistik birliklarning har bir tilda mavjud bo‘lishi va ularning semantik qatlam ekanligi haqidagi ilmiy qarashlar bilan boyishiga asos bo‘lgan; 
aksiologik modallik ifodasini ta’minlovchi lisoniy hodisalarning kognitiv, semantik va pragmatik xususiyatlari hamda “xo‘jayin”, “dadasi”, “begim”, “hazratim” kabi  murojaat birliklari, “u kishi”, “ular” kabi murojaat shakllari etnomadaniy nutq jarayoni ekanligi haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan №PZ-20170927147 “Qadimgi turkiy yozuvlar va XIII asrgacha bo‘lgan folklor tadqiqi” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 11 apreldagi 04/1-649-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning qadimgi turkiy til va yozuvlarda ifodalangan aksiologik modallik ma’nosini  yorituvchi tushunchalar bilan boyitilishiga erishilgan;
aksiologik modallikning murakkablashgan sodda gaplar qatnashgan badiiy matnda ifodalanishi baholash faoliyati natijasi, baholash – ob’ektning eng muhim jihatlariga tanqidiy yondashishi sababli lingvopragmatika bilan bog‘liq ekanligi, uning adresant va adresat faoliyati doirasida kechadigan lisoniy kognitiv faoliyat ekanligi haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan №PZ-20170927147 “Qadimgi turkiy yozuvlar va XIII asrgacha bo‘lgan fol`klor tadqiqi” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 11 apreldagi  04/1-649-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha XIII asrgacha bo‘lgan fol`klor asarlardagi aksiologik baho birliklarining kognitiv hodisa ekanligi haqidagi fikrlar bilan boyitilgan; 
umumqadriyat sifatidagi “yaxshilik” va “yomonlik” arxisemali leksik-semantik maydonga mansub til birliklari “chaqmoq xulqli”, “qat’iyatli”, “chorpaxil” kabi ijobiy qiyofa, “lattamijoz”, “lanj”, “qo‘pol” singari salbiy qiyofa semasi bilan bog‘liq ekanligi haqidagi xulosalardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Jizzax!” dasturida foydalanilgan (Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 6 apreldagi 10-12/243-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlarida qadr-qiymat semasiga ega tushunchalarga nisbatan faxrlanish tuyg‘usi hamda u orqali shaxsiy munosabat bildirish ko‘nikmasini yuksaltirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish