Raximov Nurmuxammad Ravshanbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
«Og‘ir kvarkoniy KXD vakuumning instanton modelida», 01.04.02 – Nazariy fizika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/FM607.
Ilmiy rahbar: Musaxanov Mirzayusuf Mirzamaxmudovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,DSc.03/30.12.2019.FM.01.09
Rasmiy opponetlar: Rasulova Muxayyo Yunusovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Lugovoy Vladimir Vilevich fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy fizika.
Tadqiqotning maqsadi og‘ir kvarklar xossalarini KXD vakuumning instaton suyuqlik modelida o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘ir kvark korrelyatorlarini instanton modeli doirasida hisoblashning perturbativ va noperturbativ ta’sirlarni o‘z ichiga oluvchi tizimli usuli ishlab chiqildi;
instantonlar bilan o‘zaro ta’sir tufayli og‘ir kvarklar massaning o‘zgarishiga olib keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hissa va modifikatsiyalangan perturbativ glyuonlardan hissa olishi ko‘rsatildi. Perturbativ glyuonlarning og‘ir kvark massasiga qo‘shgan hissasi hisoblab chiqildi;
og‘ir kvark-antikvark juftligining instantonlar bilan ta’sirlashish natijasida hosil bo‘ladigan o‘zaro ta’sir potensiallari hisoblab chiqildi. Ushbu hissalarni birinchi tartibli g‘alayonlanish deb hisoblash mumkinligi ko‘rsatildi;
glyuonning dinamik massasi va og‘ir kvarkning antikvark bilan o‘zaro ta’sir potensiali instanton suyuqlik modelida chekli haroratlarda hisoblab topildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya ishida ishlab chiqilgan usullar O‘zMUning “Nochiziqli ko‘p zarrali kvant va klassik sistemalar” mavzusidagi ilmiy loyihasini bajarishda foydalanildi. Tadqiqot natijalari Inha Universiteti(Janubiy Koreya)da “Og‘ir adronlar va yadroviy materiya” (№2020R1F1A1067876) ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. Bundan tashqari, scopus.com va webofscience.com saytlariga ko‘ra, dissertatsiya mavzusi bo‘yicha muallifning maqolalariga 3 ta havola mavjud.