Yusupova Lobar Sidiqovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oqim uslubida kompleks barpo qilinadigan kam qavatli turar-joylarning taqvimiy rejasini modellashtirish”, 05.09.08 – “Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish” (texnika fanlari)”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2569
Ilmiy rahbar: Bahodirov Azizbek Abdulazizovich, texnika fanlari doktori, (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01 
Rasmiy opponentlar: Ganiev Karim Barovich, texnika fanlari doktori, professor, Shakirov Tuyg‘un Turgunovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oqim usulida kompleks barpo qilinadigan kam qavatli turar-joylarning qurilish muddatini qisqartirish va moddiy-texnik resurslardan oqilona foydalanishga erishish uchun ilmiy asoslangan qurilishni tashkil etish loyihasi tarkibidagi taqvimiy reja modeli va u bilan bog‘liq bo‘lgan tavsiyalarni ishlab chiqish hamda qurilish amaliyotiga kiritish.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qurilishni tashkil etishda ritmik oqim usulidan foydalanib, qurilishda ishlarning texnologik ketma-ketligi asosida, mablag‘lashtirishni e’tiborga olgan holda namunaviy uylarni qurilish davomiyligini 25% - 32% gacha qisqartirishga imkon beruvchi taqvimiy rejani grafoanalitik modeli ishlab chiqilgan; 
taqvimiy reja modeli parametrlarini qurilish muddatiga  mosligini ta’minlash va ob’ektlar maydoniga nisbatan moliyalashtirishning  qurilish ishlab chiqarishdagi xajmini differensial, integral grafigi usullaridan foydalanib taqqoslaganda  turar-joy binosi umumiy narxidan 4-7% gacha iqtisodiy samara berishi asoslangan; 
kam qavatli turar-joylar kompleksining namunaviy siklogrammasidagi majmua qurilishining davri, ob’ektlarning narxi, qurilish mahsulotini ishlab chiqarish muddati kabi parametrlarini o‘zgartirish orqali kapital quyilmalarni taqsimlash optimallashtirilgan;
qurilish-montaj ishlarini qurilish davrini me’yoriga muvofiq taqsimlanishining optimal echimini topishga mo‘ljallangan, moliyalashtirish grafiklari va taqvimiy rejani avtomatlashtirilgan hisob dasturi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Oqim uslubida kompleks barpo qilinadigan kam qavatli turar-joylarning taqvimiy rejasini modellashtirish” mavzusidagi tadqiqot ishining ilmiy natijalari asosida: 
taqdim etilgan model va u asosida ishlab chiqilgan uslub “Qishloqqurilishloyiha” MChJ Bosh loyiha-qidiruv instituti “Geotexnika izlanishlari markazi” bo‘limida foydalanilgan (“Qishloqqurilishloyiha” MChJ Bosh loyiha-qidiruv instituti  Bosh direktori I.S.Axmedov tomonidan 2021 yil 20 dekabrda berilgan dalolatnoma). Mazkur uslubni qo‘llash natijasida amalga oshirilgan qurilish ob’ekti 128.9 m2 maydonga nisbatan qurilishni to‘g‘ri tashkil qilish asosida uyning umumiy narxidan 4% ga iqtisod qilindi, 1 ta kottejning summasi 496114000 so‘mdan 47627000 so‘mga qisqartirishga erishilgan;  
qurilish pudratchisi “RAY DESIGN ART” xususiy korxonasi tomonidan qurilgan 5 qavatli turar joy binosi qurilishi loyihasi xujjatlarida amalga oshirildi (“RAY DESIGN ART” XK tomonidan 2022 yil 4 fevral`da berilgan dalolatnoma). Ishlab chiqilgan IBLda uy qurishda 4 ta bosqichning izchil bajarilishini kuzatib, qurilishning ritmik oqimi bilan, tegishli ravishda bosqichlarning davomiyligini aniqlash mumkin: 0,5; 1,5; 0,5 qurilishning 1,0 oylik boshlanishi: 0,5 oydan keyin g‘isht terish; 2 oydan so‘ng tom ishlari; 3 oydan keyin pardozlash ishlari. Biroq, ikki brigadaning g‘isht terish ishlari birlashishi tufayli, davomiylik ham qisqaradi. Shunday qilib, uy qurishni tashkil etish usuli qurilishning davomiyligini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin: birinchi holda - 10,5 dan 7,5 oygacha yoki 28% ga ya’ni 3 oyga va g‘isht teruvchilarni 2 ta brigadaga oshirish bilan - 5,5 oy yoki 32%ga qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish