Yuldasheva Mahliyo Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda yolg‘izlik hissining ijtimoiy-psixologik determinantlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/P101.
Ilmiy rahbar: Ruxieva Xalida Aripjanovna, psixologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Nigora Xalimbaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda yolg‘izlik tushunchasining etimologik anglanishi va hayotiy bardoshlilikka oid o‘zaro munosabatini aniqlash asosida yolg‘izlik hissining tipologik determinantlari reytingiga binoan profilaktik-korreksion chora-tadbirlarni takomillashtirishga doir zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning «yolg‘izlik», «yakkalanish» va «tanholik» tushunchalarini  etimologik anglashiga ko‘ra, individual semantik tasavvurlarni «baholash», «kuchlilik», «faollik» omillari ta’sirida identifikatsiyalanishi orqali ularda «Men» obrazi refleksiyasining ekzistensial-sub’ektiv tarzda binar (ikkiyoqlama) ifodalanishi dalillangan;
talabalarning bixeviorial makoniga oid omillar ta’sirida  o‘quv faoliyatini praksik xislar bilan uyg‘unlashtirish asosida emotsional o‘z-o‘zini nazorat qilishni kuchayishiga ko‘ra, ulardagi «hayotiy bardoshlilik» dispozisiyasini yoshga bog‘liq dinamik tarzda rivojlanishi isbotlangan;
yolg‘izlik hissining differensiatsiyalanishi «muloqotdagi tobelilik»ning  autokommunikatsion ifodalanishida refleksiv o‘z-o‘zini anglash mexanizmini kuchaytirganligi sababli ijtimoiy-psixologik yolg‘izlikka ijobiy ta’sir etishi isbotlangan;
talabalarda yolg‘izlik hissi bilan bog‘liq holatlar (frustratsiya, stress, ijtimoiy yakkalanish, ostrakizm) mavjudligiga ko‘ra, «o‘zini o‘zi baholash va sotsial munosabatlardagi nomutanosiblik», «shaxs va qadriyatlar uyg‘unligining ta’minlanmaganligi» kabi shaxslilik determinantlarini hissiy-emotsional transformatsiyalanishi asosida yolg‘izlik kechinmasini reabilitatsiyalash mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda yolg‘izlik hissining ijtimoiy-psixologik determinantlarini o‘rganish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning «yolg‘izlik», «yakkalanish» va «tanholik» tushunchalarini  etimologik anglashiga ko‘ra, individual semantik tasavvurlarni «baholash», «kuchlilik», «faollik» omillari ta’sirida identifikatsiyalanishi orqali ularda «Men» obrazi refleksiyasining ekzistensial-sub’ektiv tarzda binar (ikkiyoqlama) ifodalanishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 20 avgustdagi P-M-8 b-sonli buyrug‘i bilan  «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 20 avgustdagi P-M-8 b-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimi talabalarining yolg‘izlik hissini ijtimoiy-psixologik determinantlari, ularning namoyon bo‘lish jihatlari, qonuniyatlari borasidagi  kasbiy bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning bixeviorial makoniga oid omillar ta’sirida  o‘quv faoliyatini praksik xislar bilan uyg‘unlashtirish asosida emotsional o‘z-o‘zini nazorat qilishni kuchayishiga ko‘ra, ulardagi «hayotiy bardoshlilik» dispozisiyasini yoshga bog‘liq dinamik tarzda rivojlanishi isbotlangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 20 avgustdagi P-M-8 b-sonli buyrug‘i bilan «Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 20 avgustdagi P-M-8 b-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar bilan ishlash bo‘yicha uslubiy ta’minot takomillashtirilib, ularning amaliy-kasbiy tayyorgarliklari sifat jihatdan oshirish imkoniyati yaratilgan;
yolg‘izlik hissining differensiatsiyalanishi «muloqotdagi tobelilik»ning  autokommunikatsion ifodalanishida refleksiv o‘z-o‘zini anglash mexanizmini kuchaytirganligi sababli ijtimoiy-psixologik yolg‘izlikka ijobiy ta’sir etishi isbotlangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 20 avgustdagi P-M-8 b-sonli buyrug‘i bilan  «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 20 avgustdagi P-M-8 b-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimi talabalarida yolg‘izlik hissining ijtimoiy-psixologik determinantlarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi holatlarni ilmiy prognozlash ko‘nikmasini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda yolg‘izlik hissi bilan bog‘liq holatlar (frustratsiya, stress, ijtimoiy yakkalanish, ostrakizm) mavjudligiga ko‘ra, «o‘zini o‘zi baholash va sotsial munosabatlardagi nomutanosiblik», «shaxs va qadriyatlar uyg‘unligining ta’minlanmaganligi» kabi shaxslilik determinantlarini hissiy-emotsional transformatsiyalanishi asosida yolg‘izlik kechinmasini reabilitatsiyalash mumkinligi asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 20 avgustdagi P-M-8 b-sonli buyrug‘i bilan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 20 avgustdagi P-M-8 b-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida talabalar bilan ishlash bo‘yicha psixodiagnostik, psixoterapevtik hamda psixokorreksion ishlar ta’minoti takomillashtirilib, amaliy-kasbiy tayyorgarligini sifat jihatdan oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish