Shukurov Rustam Eshonkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shaxsning psixologik himoya mexanizmlari va dindorlik tiplarining o‘zaro bog‘liqligi», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/P126.
Ilmiy rahbar: Kadirov Kamoliddin Batirovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat
pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Xayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi psixologik himoya mexanizmlari va dindorlik tiplarining o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlarini empirik jihatdan ochib berish va destruktiv diniy xulqning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-yoshlar o‘rtasida destruktiv diniy xulq-atvorni shakllantiruvchi «uyg‘unlashmagan» dindorlik tiplari o‘rniga «uyg‘unlashgan» dindorlik tiplarining namoyon bo‘lishining ong osti faoliyatiga ta’siri jihatidan konstruktiv diniy xulq-atvorni shakllantiruvchi muhim omil ekanligi asoslangan; 
talaba-yoshlardagi «uyg‘unlashmagan» dindorlik tiplari salbiy emotsional xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga, «uyg‘unlashgan» dindorlik tiplari esa kognitiv jarayonlarga ta’sir etgan holda ijobiy shaxsiy fazilatlarning shakllanishiga olib kelishi isbotlangan; 
talaba-yoshlarning tashqi muhit talablari natijasida yuzaga keluvchi ichki ziddiyatlarni zaiflashtiruvchi psixologik himoya mexanizmlari tashqi va ichki voqelikni buzib idrok ettirilishiga ko‘ra shaxsiy javobgarlikdan ozod qiluvchi, o‘zini oqlashga yordam beruvchi, salbiy hissiyotlardan xalos etuvchi funksional komponentlar bo‘yicha differensiasiyalanish modeli yaratilgan; 
talaba-yoshlar shaxsida «uyg‘unlashmagan» dindorlik tiplarining namoyon bo‘lishi javobgarlikdan ozod qiluvchi hamda salbiy hissiyotlardan xalos etuvchi himoya mexanizmlarining destruktiv funksiyalari bilan shartlangan bo‘lsa, «uyg‘unlashgan» dindorlik tiplarining shakllanishi, aksincha, nisbatan konstruktiv xarakterdagi o‘zini oqlashga yordam beruvchi himoya mexanizmlari bilan determinasiyalanganligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsning psixologik himoya mexanizmlari va dindorlik tiplari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talaba-yoshlar o‘rtasida destruktiv diniy xulq-atvorni shakllantiruvchi «uyg‘unlashmagan» dindorlik tiplari o‘rniga «uyg‘unlashgan» dindorlik tiplarining namoyon bo‘lishining ong osti faoliyatiga ta’siri jihatidan, konstruktiv diniy xulq-atvorni shakllantiruvchi muhim omil ekanligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining “O‘zbekiston yoshlarining davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarga nisbatan ishonch darajsini o‘rganish” nomli loyihasiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 2 iyuldagi 4-17-23-1768-son ma’lumotnomasi). Natijada 2016 yil 16 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan tamoillardan biri «ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi»ni ta’minlash hamda «yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlariga ega qilib tarbiyalash» kabi vazifalarni amaliyotga tadbiq etishga oid loyihalarda amaliyotga tadbiq etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
talaba-yoshlardagi «uyg‘unlashmagan» dindorlik tiplari salbiy emotsional xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga, «uyg‘unlashgan» dindorlik tiplari esa kognitiv jarayonlarga ta’sir etgan holda ijobiy shaxsiy fazilatlarning shakllanishiga olib kelishini isbotlashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi 48-sonli buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya va din psixologiyasi», «Deviantologiya asoslari» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 sentyabrdagi P-M-48a-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishida foydalanishga erishilgan;
talaba-yoshlarning tashqi muhit talablari natijasida yuzaga keluvchi ichki ziddiyatlarni zaiflashtiruvchi psixologik himoya mexanizmlari tashqi va ichki voqelikni buzib idrok ettirilishiga ko‘ra shaxsiy javobgarlikdan ozod qiluvchi, o‘zini oqlashga yordam beruvchi, salbiy hissiyotlardan xalos etuvchi funksional komponentlar bo‘yicha differensiasiyalanish modeli yaratilganligiga oid yangiliklar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyati amaliyotiga tatbiq etilgan (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 02-03/4234-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishida foydalanishga erishilgan;
talaba-yoshlar shaxsida «uyg‘unlashmagan» dindorlik tiplarining namoyon bo‘lishi javobgarlikdan ozod qiluvchi hamda salbiy hissiyotlardan xalos etuvchi himoya mexanizmlarining destruktiv funksiyalari bilan shartlangan bo‘lsa, «uyg‘unlashgan» dindorlik tiplarining shakllanishi, aksincha, nisbatan konstruktiv xarakterdagi o‘zini oqlashga yordam beruvchi himoya mexanizmlari bilan determinasiyalanganligini dalillashga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 2 iyuldagi 4-17-23-1768-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 2-bob 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda, Yoshlar siyosatini ona Vatanga, oilaga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlarida va 2021 yilda o‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy jihatdan tahlil va talqin etish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish