Azimova Nodira Shoyim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sellyulozali xomashyolarni Trichoderma harzianum miselial zamburug‘i yordamida mikrobiologik qayta ishlash», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/B1.
Ilmiy rahbar: Xamidova Xursheda Muminovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.B.38.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuxamedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori; Xashimova Nigora Rustamovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sellyulaza kompleksi va ksilanaza fermentlarini hosil qiluvchi yangi faol mahalliy mikromiset shtammlarini ajratib olish, chorvachilik uchun biopreparat yaratish maqsadida o‘simlik substratlarining biokonversiyasini amalga oshiruvchi samarali shtammni tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ajratib olingan mikroorganizmlar orasidan skrining natijasida yangi, tez o‘suvchi, kul`tural suyuqligida keng spektrda faol sellyulaza fermentlari va ksilanaza hosil qiluvchi mahalliy T. harzianum UzCF-28 zamburug‘ shtammi tanlab olingan va identifikatsiyalangan;
T. harzianum UzCF-28 zamburug‘i yordamida sellyulozali substratlarning biokonversiyalanishi va ularni o‘zlashtiriladigan uglevodlar, oqsil, aminokislotalar bilan boyishi aniqlangan;
T. harzianum UzCF-28 zamburug‘ining kul`tural suyuqligidan molekulyar massalari 135 va 75 kDa bo‘lgan EG II va EG III fermentlari ajratib olingan hamda ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari ochib berilgan;
ilk bor respublikamizda tez o‘suvchi mahalliy T. harzianum UzCF-28 zamburug‘ shtammi asosida o‘simlik massalarini siloslashda va turli xil sellyulozali substratlarni boyitishda foydalaniladigan «Trixostim» biopreparati yaratilgan. Laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida tayyorlangan silosning mikrobiologik, biokimyoviy, organoleptik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
T. harzianum UzCF-28 zamburug‘ining kul`tural suyuqligidan chorva ozuqasidagi o‘simlik qoldiqlarining hazm bo‘lishini oshiruvchi va tarkibini boyituvchi biopreparat olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sellyulaza fermentlari kompleksi va ksilanaza hosil qiluvchi, o‘simlik qoldiqlarini gidrolizlab, qandlar bilan boyituvchi, oqsil va aminokislotalar hosil qiluvchi T. harzianum UzCF-28 miselial zamburug‘ shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti (20.05.2014 y. № IAP 04901) olingan. Natijada omuxta em preparati va silos achitqisi sifatida tavsiya etiladigan «Trixostim» biopreparatini yaratish imkonini bergan;
«Trixostim» biopreparati Samarqand viloyati Jomboy tumanining «Elaton baliq chorva» va Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani «Qurbonov Rajabpo‘lat Qurbonovich» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil oktyabrdagi 02/12-1244 son ma’lumotnomasi). Natijada «Trixostim» biopreparati ta’sirida chorva mollarining sut berish miqdori 15-20% gacha ortishiga imkon bergan.