Sapaev G‘ulomjon Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Munis Xorazmiyning ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy qarashlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal263
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Safarboev Madrahim, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Rasmiy opponentlar: Yunusova Gulandom Samievna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Fayzixo‘jaeva Dilbar Irgashevna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Munis Xorazmiyning ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy qarashlarining hozirgi davr uchun ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr Xorazm ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotida Munis Xorazmiyning xalqning turmush darajasini ko‘tarish, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, odillik va xalqparvarlikka oid ijtimoiy-falsafiy hamda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlikka oid ma’naviy-ma’rifiy qarashlari muhim ahamiyat kasb etganligi asoslangan;
Munis Xorazmiyning borliq falsafasiga aloqador tabiat va inson borlig‘i, vaqt, harakat, gnoseologik qarashlari mazmunidagi til, tafakkur, aql va hissiyotga oid panteistik (olam va odamning yagona yaratuvchisi Olloh), antropologik (inson oliy qadriyat), gumanistik (xalqparvarlik, inson kamoloti) g‘oyalari dialektik tamoyillar asosida ochib berilgan;
“Munis ul-ushshoq” va “Firdavs ul-iqbol” asarlaridagi davlat va uni boshqarishning adolatparvarlik, jaholatga qarshi ma’rifat, tinchlikparvarlik, jamiyat manfaatlari ustuvorligi kabi tamoyillarning davlat va jamiyat boshqaruvida inson qadrini yuksaltirish, xalqparvar davlat barpo etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan;
ma’rifatparvar shoirning diniy-irfoniy va gumanistik g‘oyalari mazmunidagi muhabbat, do‘stlik, sadoqat, vafodorlik kabi insoniy fazilatlarning aksiologik talqini asosida ularning barkamol avlodni yuksak ma’naviyat, fidoyilik va vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik ruhida tarbiyalash zarurati asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Munis Xorazmiyning ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy qarashlarining nazariy va amaliy ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XIX asr Xorazm ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotida Munis Xorazmiyning xalqning turmush darajasini ko‘tarish, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, odillik va xalqparvarlikka oid ijtimoiy-falsafiy hamda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlikka oid ma’naviy-ma’rifiy qarashlari muhim ahamiyat kasb etganligiga doir ilmin-nazariy xulosalar O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markzi hamkorligida bajarilgan PZ-201709303386 “O‘zbekistonda milliy qadriyatlar. diniy bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda falsafiy merosniig o‘rnini ilmiy tadqiq etish asosida O‘zbekiston falsafasi tarixi (3 tomlik, o‘zbek tilida) kitobining III tomini nashrga tayyorlash” (2018-2020 yy) mavzuidagi ilmiy-amaliy grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2021 yil 29 apreldagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbek falsafasi tarixi” kitobining III jildidagi ma’rifatparvar olim Munis Xorazmiyga bag‘ishlangan “Shermuhammad Amir Avazbiy o‘g‘li Munisning falsafiy qarashlari” bobining mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Munis Xorazmiyning borliq falsafasiga aloqador tabiat va inson borlig‘i, vaqt, harakat, gnoseologik qarashlari mazmunidagi til, tafakkur, aql va hissiyotga oid panteistik (olam va odamning yagona yaratuvchisi Olloh), antropologik (inson oliy qadriyat), gumanistik (xalqparvarlik, inson kamoloti) g‘oyalarining dialektik xususiyatlariga oid ilmiy yangilik va takliflaridan “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining “Xorazm davlati xonlari tarixi”, “Ogahiy” muzeyi ekspozisiyalarning matnlari, ko‘rgazma va fondini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 10 maydagi 04-12-08-2387-son ma’lumotnomasi). Natijada, XVIII-XIX asrlar Xorazm ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidagi mavjud bo‘shliqni to‘ldirish, shuningdek, milliy tariximizga oid muzeylar fondini hamda “Ichan- qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi “Xorazmning durdona bitiklari” ekspozisiyasini mazmunan boyitishda, ajdodlarimiz ma’naviy merosini jahon hamjamiyatiga etkazishda, ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat-ehtiromni yuksaltirishga xizmat qilgan;
“Munis ul-ushshoq” va “Firdavs ul-iqbol” asarlaridagi davlat va uni boshqarishning adolatparvarlik, jaholatga qarshi ma’rifat, tinchlikparvarlik, jamiyat manfaatlari ustuvorligi kabi tamoyillarning davlat va jamiyat boshqaruvida inson qadrini yuksaltirish, xalqparvar davlat barpo etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashdagi ahamiyatiga oid xulosalar va amaliy tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar” 33-bandi “12 oyga - 12 alloma” loyihasini amalga oshirishda, buyuk ajdodlarimiz hayoti, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosi haqida risolalar tayyorlash va chop etish, tanlovlar o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 5 maydagi 02/08-502-son ma’lumotnomasi). Natijada, mutafakkir asarlarida ilgari surilgan ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar ta’lim-tarbiya hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarida nazariy-metodologik asos sifatida hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
ma’rifatparvar shoirning diniy-irfoniy va gumanistik g‘oyalari mazmunidagi muhabbat, do‘stlik, sadoqat, vafodorlik kabi insoniy fazilatlarning aksiologik talqini asosida ularning barkamol avlodni yuksak ma’naviyat, fidoyilik va vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashga oid nazariy umumlashma va amaliy takliflardan Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2020-2021 yillarda efirga uzatilgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy mavzudagi “Ma’naviyat saboqlari”, “Mukammallik” teleko‘rsatuvlarning dastur ssenariylari, “Assalom Xorazm!” ko‘rsatuvining “Kun mehmoni” ruknini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 20 apreldagi 09-05/21-75-son dalolatnomasi). Natijada, teletomoshabinlarda yosh avlodni yuksak ma’naviyat, fidoyilik va vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik ruhida tarbiyalash zarurati asoslangan hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda teleko‘rsatuvlar tayyorlashda targ‘ibot va tashviqot, ta’lim-tarbiyaviy, nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qilgan.