Berdimurodov Elyor Tuxlievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kukurbit[n]uril, glikoluril va gossipol asosidagi birikmalarning po‘lat korroziyasini ingibirlash mexanizmi», 02.00.04 – Fizik kimyo, 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/K137.
Ilmiy maslahatchilar: Xoliqov Abduvali Jonizoqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Akbarov Hamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gravimetrik, elektrokimyoviy, sirt morfologiyasi usullari va kvant kimyoviy hisoblashlar yordamida kukurbit[n]uril, glikol`uril va gossipol asosidagi birikmalarning po‘lat korroziyasini ingibirlash mexanizmlarini kuchli kislotali hamda ishqoriy-tuzli muhitlarda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kukurbit[n]uril, glikol`uril va gossipol asosidagi birikmalar St2 markali po‘lat uchun samarador hamda yangi turdagi ingibitor ekanligi isbotlangan;
bu birikmalarning po‘lat korroziyasini ingibirlash mexanizmlari kuchli kislotali va ishqoriy-tuzli muhitlarda ilk bor tadqiq qilingan;
tanlangan birikmalarning po‘lat korroziyasini ingibirlash mexanizmi, termodinamik, adsorbsion, elektrokimyoviy, sirt morfologiyasi va kvant kimyoviy xarakteristikalari o‘rganilgan;
ilk bor bu birikmalarning anod dominantli aralash turdagi ingibitorlar ekanligi aniqlangan;
1 M HCl, 1 M HCl + 1 M KCl, CO2 va H2S ga to‘yingan 1 M NaCl, 1 M NaOH + 1 M NaCl eritmalarda maksimal ingibirlash darajalari 100 mg/l konsentratsiyada 95-98 % bo‘lishi dalillangan;
metall yuzasidagi katod va anodda zonalarda bo‘ladigan zaryad transferi jarayonlarining bloklanishida bu birikmalarning supramolekulyar qismi, gossipol va getero halqalari asosiy rolni bajarishi isbotlangan;
ingibirlash xossalari o‘rganilgan ingibitorlarning molekulyar tuzilishiga bog‘liqligi va ingibirlash qobiliyati suvli fazada ingibitorlarning neytral shakllaridan ko‘ra ularning protonlashgan shakllarida kuchli ekanligi ilk bor aniqlangan;
ilk bor Fe (yuza) va tanlangan ingibitorlar o‘rtasidagi bog‘ uzunligi 3Å atrofida ekanligi, bu esa adsorbsiya jarayonida kimyoviy adsorbsiya ustun ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gravimetrik, elektrokimyoviy, sirt morfologiyasi usullari va kvant kimyoviy hisoblashlar orqali kukurbit[n]uril, glikol`uril va gossipol asosidagi birikmalarning po‘lat korroziyasini ingibirlash mexanizmlarini kuchli kislotali va ishqoriy-tuzli muhitlarda o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kukurbit[n]uril, glikol`uril va gossipol asosidagi birikmalarning 50 mg/l li eritmalari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Rux zavodi sul`fat kislotasi sexiga qarashli 1-sonli suv aylanma tizimlari, sovitish va isitish tizimlarida ishlatiladigan metall konstruksiyalarning korroziyasini oldini oluvchi vosita sifatida sinov tariqasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2022 yil 04 avgustdagi 0008829-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur birikmalar samarali ingibitorlar sifatida suv aylanma tizimlari, sovitish va isitish tizimlarida metall konstruksiyalar korroziyasining oldini olish uchun xorijdan valyuta hisobiga import qilinadigan vositalarning o‘rnini bosish imkonini bergan;
kukurbit[n]uril, glikol`uril va gossipol asosidagi birikmalarning korroziyadan himoyalash xossalari hamda adsorbsiya mexanizmlari № YoF-7-1 raqamli «Mahalliy xom ashyo asosida metallar korroziyasi ingibitorlarining yangi avlodi» mavzusidagi loyihada ingibirlash mexanizmini fizik-kimyoviy tadqiq qilish va elektrokimyoviy xususiyatlarini aniqlash maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 21 apreldagi 89-05-20-son ma’lumotnomasi). Natijalar tanlangan ingibitorlarni neft` va gaz sanoatida metalldan yasalgan materiallarni korroziyadan himoyalashda qo‘llash maqsadida takomillashtirish imkonini bergan;
glikol`uril asosidagi 2-tiokso-5,5-di-p-tolilimidazolidin-4-on ingibitorining 1 M HCl + 1 M Na2SO4 eritmada po‘lat korroziyasining ingibirlash mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar Qatar fondi tomonidan moliyalashtirilgan № NPRP10-0125-170252 «Neft` va gaz quvurlaridagi yopiq korroziyani tadqiq qilish» (Qatar universiteti, Doha, Qatar) mavzusidagi loyihada yangi turdagi ingibitorlarning xossalarini tadqiq qilishda foydalanilgan. Natijalar 1 M HCl + 1 M Na2SO4 eritmada metall yuzasida tuz to‘planishini kamaytirish va metall korroziyasini ingibirlashning yangi mexanizmlarini yaratish imkonini bergan;
gossipol asosidagi ingibitorlarning CO2 va H2S gazlarga to‘yintirilgan 1 M NaCl eritmada po‘lat korroziyasini ingibirlash mexanizmlarini o‘rganishdan olingan natijalar Milliy ilmiy-texnik tadqiqotlar markazi (CNRST) tomonidan moliyalashtirilgan № URAC14. «Materiallar optoelektronikasi va spektroskopiyasi» (CNRST bilan bog‘langan tadqiqot bo‘linmasi, Ibn Tofail universiteti, Kenitra, Marokash) mavzusidagi loyihada yangi turdagi ingibitorlarning nazariy va elektrokimyoviy xossalarini tadqiq qilishda foydalanilgan. Natijada CO2 va H2S gazlarga to‘yintirilgan 1 M NaCl eritmada po‘lat sirtida ingibitorlarning adasorbsiyasini o‘rganish imkonini bergan;
kuchli kislotali va ishqoriy-tuzli muhitlarda kukurbit[n]uril, glikol`uril va gossipol asosidagi birikmalarning po‘lat korroziyasini ingibirlash mexanizmlarining termodinamik, adsorbsion, elektrokimyoviy, sirt morfologiyasi va kvant kimyoviy xossalari haqidagi ma’lumotlar yuqori impakt-faktorli 100 dan ortiq xorijiy jurnallar hamda 300 dan ortiq manba va ilmiy maqolalarda foydalanilgan: Green Chemistry (2022). 24 (5). –P. 2114-2128 (IF=15.1); Science of the Total Environment (2022) 836, 155527 (IF=14.5); Science of the Total Environment (2022) 836,155527 (IF=14.1); Journal of Industrial and Engineering Chemistry (2021) 101. – P. 359-371 (IF=11); Chemosphere (2022) 292, 133479 (IF=11); International Journal of Hydrogen Energy (2021) 46(51). – P. 25800-25818 (IF=10); Journal of the Taiwan Institute of Chemical Engineers (2021) 127. – P. 387-398 (IF=9.2); Journal of Molecular Liquids (2022) 354, 118890 (IF=9); Bioelectrochemistry (2022) 143, 107969 (IF=8.7); Journal of Environmental Chemical Engineering (2021) 9 (4), 105457 (If=7.7); Colloids and Surfaces A: Physicochemical and Engineering Aspects (2022) 647, 129085 (IF=7); RSC Advances (2021) 11 (50). – P. 31693-31711 (IF=5.9); Journal of Molecular Structure (2022) 1251, 131988 (IF=5.1); Corrosion Reviews (2022) 40 (3). – P. 221-236 (IF=4.7) va boshqalar. Natijada kukurbit[n]uril, glikol`uril va gossipol asosidagi birikmalarning katod hamda anodlarda bo‘ladigan elektrokimyoviy jarayonlarga ta’sirini aniqlash imkonini bergan.