Gaibnazarov Sunatilla Baxodirjanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosida yuqori samarali barqarorlashtirgichlarni ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T254.

Ilmiy rahbar: Aliev Boxodir Abduganievich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxab, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: gidrolizlangan poliakrilonitril, lignosul`fonat va kraxmalni Fridel`-Krafts reaksiyasi asosida fosforlab burg‘ilash eritmalari, gips, bentonit va dispers sistemalar uchun organik barqarorlashtirgichlarni olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

polisaxaridlar, poliollar asosida olingan organik kimyoviy barqarorlashtiruvchilarning tarkibi va tuzilishi aniqlangan;

polisaxaridlar, poliollar, sellyuloza va kraxmal hosilalari asosida olingan barqarorlashtiruvchi qo‘shimchalarni tuproq, gips sistemalarining fizik-mexanik xossalariga ta’siri isbotlangan;

gidrolizlangan poliakrilonitril, kraxmal va lignofosfonat asosida yangi barqarorlashtirgichlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

yaratilgan barqarorlashtirgichlar asosida burg‘ilash eritmalarini olishning takomillashtirilgan texnologiyalari ishlab chiqilgan;

barqarorlashtirgich GSB-2 asosida modifikatsiyalangan suvga, yuqori haroratga chidamli gipsokarton ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Gidrolizlangan poliakrilonitril, kraxmal va lignofosfonat asosida barqarorlashtirgichlar olish va ularni tuproq, gips aralashmalarida qo‘llash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

burg‘ilash eritmalarining reologik va tiksotropik xossalarini barqarorlashtirish uchun yaratilgan barqarorlashtirgichlar «O‘zburg‘uneftgaz» AJ tizimidagi korxonalarga joriy qilingan («O‘zburg‘uneftgaz» AJning 2017 yil 8 noyabrdagi 11/s3-999-son ma’lumotnomasi). Natijada burg‘ilash eritmalarining reologik va tiksotropik xossalarini yaxshilash va ishlab chiqarish unumdorligini oshrish imkonini bergan;

GSB-2 barqarorlashtirgichi «PURE SASH» MChJda gips kompozisiyasini olish uchun ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan («O‘zburg‘uneftgaz» AJning 2017 yil 8 noyabrdagi 11/s3-999-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik jarayonlarni soddalashtirish, qo‘shimcha sarfi-xarajatlarni kamaytirish va iqtisodiy samaraga olib kelish imkonini bergan;

barqarorlashtirgichlarni olish texnologiyasi sanoat xavfsizligi talablari bo‘yicha texnologik reglamentlari ishlab chiqishga tatbiq qilingan («Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasining 2017 yil 17 noyabrdagi 03/55-son ma’lumotnomasi). Natijada neft` va gaz konlari hududlaridagi yong‘in va portlash xavfini kamaytirishga hamda atrof-muhit muhofazasini ta’minlashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish