Mirzaeva Mavlyuda Narmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda kommunikativ kompetensiyalarini  rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1615.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Talibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda kommunikativ kompetensiyalarini  rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kommunikativ kompetensiyasi antropotsentrik va kognitiv tilshunoslikning lingvomadaniy elementlari  divergentligi darajasini rivojlantiruvchi didaktik-mantiqiy topshiriqlar mazmuni komponentlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modeli pedagogik interpretatsiya elementlarining vektorli birligini umumiy didaktik maqsad hamda ijodiy muloqotni rivojlantirishning situativ-muqobil texnologiyalari dinamikligi uzluksizligiga refleksif uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbga yo‘naltirib o‘qitish samaradorligi kasbiy faoliyatga tegishli til tayyorgarligi va uzviyligini ta’minlashga qaratilgan intensiv tajriba-izlanishlar hamda differensiallashtirish kategoriyalariga identiv modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalar kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish shakllari mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan reproduktiv mashqlarni ishlab chiqish, kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni istiqboldagi didaktik maqsadlarga mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda  kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning kommunikativ kompetensiyasi antropotsentrik va kognitiv tilshunoslikning lingvomadaniy elementlari  divergentligi darajasini rivojlantiruvchi didaktik-mantiqiy topshiriqlar mazmuni komponentlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Inglizcha-o‘zbekcha-nemischa-ruscha izohli lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-t-031 raqamli nashr ruxsatnomasi).  Natijada oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modeli pedagogik interpretatsiya elementlarining vektorli birligini umumiy didaktik maqsad hamda ijodiy muloqotni rivojlantirishning situativ-muqobil texnologiyalari dinamikligi uzluksizligiga refleksif uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Inglizcha-o‘zbekcha-nemischa-ruscha izohli lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-t-031 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash va ularda kasbiy-axloqiy sifatlarni shakllantirish samaradorligini oshirishga imkon yaratilgan;
talabalarni kasbga yo‘naltirib o‘qitish samaradorligi kasbiy faoliyatga tegishli til tayyorgarligi va uzviyligini ta’minlashga qaratilgan intensiv tajriba-izlanishlar hamda differensiallashtirish kategoriyalariga identiv modifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Inglizcha-o‘zbekcha-nemischa-ruscha izohli lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-t-031 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
talabalar kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish shakllari mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan reproduktiv mashqlarni ishlab chiqish, kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni istiqboldagi didaktik maqsadlarga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar “Inglizcha-o‘zbekcha-nemischa-ruscha izohli lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-t-031raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarini kasbga yo‘naltirib o‘qitishda kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish