Aripova Umida Xayrullaevnaning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Signallarni foto va injeksion-vol`taik element negizi asosida o‘zgartiruvchi radiotexnik tugun va qurilmalar», 05.04.02–Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil`, tola-optik aloqa tizimlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T296.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Ilmiy rahbar: Yodgorova Dilbara Mustafaevna, texnika fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

II. Tadqiqotning maqsadi: foto- va injeksion-vol`taik effektlar asosida bir xil yarimo‘tkazgichli materiallardan tayyorlangan va ish rejimlari barqarorlashtirilgan kuchaytirgichli fotoo‘zgartirgichni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bora foto- va injeksion-vol`taik rejimda ishlovchi bir xil yarimo‘tkazgichli materiallardan tayyorlangan fotodiodlar va bipolyar tranzistorlar asosida kuchaytirgichli fotoo‘zgartirgich ishlab chiqilgan;

kuchaytirgichli fotoo‘zgartirgich yuklama tavsiflari bilan tranzistorlarning ko‘rsatgichlarini o‘zaro bog‘lovchi biriktirish usuli ishlab chiqilgan;

kuchaytirgichli fotoo‘zgartirgich yuklama tavsiflarini tranzistorlarning statik vol`t-amper tavsiflari asosida qurishning ekspress-usuli ishlab chiqilgan;

nochiziqli buzilishlari minimallashtirilgan bipolyar tranzistorli kuchaytirgichli fotoo‘zgartirgichlarni hisoblash usuli ishlab chiqilgan;

ilk bora sokinlik toki qiymatini qo‘shimcha sozlash talab etilmaydigan ish rejimlari foto- va injeksion-vol`taik effektlar asosida kuchlanish o‘zgarishlariga besh marta, sochilish quvvati ortishiga uch marta barqarorlanuvchi kuchaytirgichli fotoo‘zgartirgichlar yaratilgan.

IV. Ixtiroga patenti: «Kuchaytirgichli fotoo‘zgartirgich», №IAR 05287-2016 y. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 21 iyundagi 01-1610-son xulosasi.

V.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Signallarni foto va injeksion-vol`taik element negizi asosida o‘zgartiruvchi radiotexnik tugun va qurilmalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

yuqori sezgirlikga ega bo‘lgan, masofadan boshqaruv uchun mo‘ljallangan «Kuchaytirgichli fotoo‘zgartirgich»ga O‘zbekiston Resublikasi intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAR 05287-2016 y.). Natijada yaratilgan qurilma analog qurilmalarga nisbatan teskari kuchlanishni 5 barobar yuqori holatida ham barqaror ishlash imkonini bergan;

ishlab chiqilgan foto- va injeksion-vol`taik qurilma asosida signallarni kuchaytirish qurilmalari “FOTON” AJ tomonidan ixtirodan foydalanish uchun 2017 yil 27 noyabrdagi SIP 9/2017-sonli nomutlaq lisenziya “FOTON” aksiyadorlik jamiyati, UZ ga asosan parametrlari barqaror va stabil qurilmalar ishlab chiqishda qo‘llanilgan («Uzeltexsanoat» AKning 2017 yil 6 oktyabrdagi 02-2078-son ma’lumotnomasi). Ishlanmadan foydalanish analogga nisbatan kuchaytirgichli fotoo‘zgartirgichni keng spektral diapazonda fotosezgirligini 100 marta oshirish va qorong‘ilik tokini 1000 marta kamaytirish, uning funksional hususiyatlarini kengaytirish imkonini bergan;

qo‘shimcha sozlash talab etilmaydigan ish rejimlari foto- va injeksion-vol`taik effektlar asosida kuchlanish o‘zgarishlariga besh marta (500%), sochilish quvvati ortishiga uch marta (300%) barqarorlanuvchi kuchaytirgichli fotoo‘zgartirgichlar ishlab chiqilgan (Servetechno PTE. LTD, (Singapore) 2017 yil 24 oktyabrdagi SV-UZ-24102017-sonli ma’lumotnomasi, ixtirodan foydalanish uchun 2017 yil 27 noyabrdagi SIP 8/2017-sonli nomutlaq lisenziya “Servetechno PTE. LTD, SGga berilgan”, ixtirodan foydalanish uchun 2017 yil 27 noyabrdagi SIP 10/2017-sonli nomutlaq lisenziya “Broadband Solutions” ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasi, UZ ga berilgan).

Yangiliklarga obuna bo‘lish