Suvankulov Jamshid Abdulahadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ekologik faoliyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokining huquqiy masalalari», 12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq.Ekologik huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu.14.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Juraev Yuldash Achilovich,  yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Shuhrat Xasanovich, yuridik fanlar doktori, professor;  Nurmatov Mirg‘olib Mirzaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ekologik faoliyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishtiroki, ushbu sohadagi mavjud nazariy-amaliy muammolarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini ochib berish, yangi ilmiy-huquqiy tushunchalarni shakllantirish va shu sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha asosli takliflar, ilmiy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik faoliyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokining eng asosiy mexanizmi sifatida jamoat ekologik nazoratining huquqiy tabiati fuqarolik jamiyati mazmun-mohiyatiga chambarchas bog‘liqligi ochib berilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoat ekologik nazoratini yuritish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, jamoatchilik ekologik ekspertizasini o‘tkazish kabi vazifalarni amalga oshirish zarurati asoslab berilgan;
ekologik faoliyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari bilan hamkorligi amalda ularning chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda sezilarli ekanligi, hamkorlikni oshirish uchun ularning Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mahalliy organlari bilan munosabatlarini tabiat ob’ektlarini muhofaza qilish yuzasidan takomillashtirish zarurati asoslantirilgan;
“inson – mahalla – ekologik huquqlar” tamoyili insonning ekologik huquqlarini ta’minlashda fuqarolik jamiyati sharoitida o‘ziga xos kafolat tizimi ekanligi va bu tamoyil hozirgi davrda sust amal qilayotganligi, bu tamoyilning haqqoniyligi davlat va uning ekologik manfaatlari uchun ahamiyatli ekanligi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining  tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha komissiyasi faoliyatini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini tegishli tartibda ta’minlash zarurati asoslantirilgan;
ekologik faoliyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish mazkur organlarning atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashni tashkil etish bilan bog‘liqligi  asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Ekologik faoliyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokining huquqiy masalalari mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ekologik faoliyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokining eng asosiy mexanizmi sifatida jamoat ekologik nazoratining huquqiy tabiati fuqarolik jamiyati mazmun-mohiyatiga chambarchas bog‘liqligi ochib berilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoat ekologik nazoratini yuritish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, jamoatchilik ekologik ekspertizasini o‘tkazishning asosiy vazifalari bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 oktyabrda qabul qilingan “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 287-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy  nizomning  17-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 sentyabrdagi 12/20-13-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari  ekologik jamoat  nazoratini yuritish bo‘yicha asosiy vazifalarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
ekologik faoliyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari bilan hamkorligi amalda ularning chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda sezilarli ekanligi, hamkorlikni oshirish uchun ularning Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mahalliy organlari bilan munosabatlarini tabiat ob’ektlarini muhofaza qilish yuzasidan takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2019 yil 15 yanvardagi 29-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi haqidagi nizomning 11, 13-bandlarini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 sentyabrdagi 12/20-13-son dalolatnomasi). Mazkur  taklif fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamoat ekologik nazoratini amalga oshirish vakolatini yanada aniqlashtirishga xizmat qiladi;
ekologik faoliyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish mazkur organlarning atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashni tashkil etish bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi takliflaridan  Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 iyunda qabul qilingan  “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” gi 380-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risida” gi Namunaviy  nizomning 5-bobi,  1-paragrafidagi  36,  37-bandlarini tayyorlashda inobatga olingan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 yanvardagi 12/21-01-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  masalalari bo‘yicha komissiyasi faoliyatini tashkil etish, mazkur komissiyaning asosiy vazifalarini amalga oshirish samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
    “inson – mahalla – ekologik huquqlar” tamoyili insonning ekologik huquqlarini ta’minlashda fuqarolik jamiyati sharoitida o‘ziga xos kafolat tizimi ekanligi va bu tamoyil hozirgi davrda sust amal qilayotganligi, bu tamoyilning haqqoniyligi davlat va uning ekologik manfaatlari uchun ahamiyatli ekanligi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining  tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha komissiyasi faoliyatini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini tegishli tartibda qarorlar qabul qilish orqali ta’minlash to‘g‘risidagi taklifidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 iyunda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 380-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomning 5-bobi, 2-paragrafidagi 43-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 yanvardagi 12/21-01-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining  tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha komissiyasi faoliyatini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish