Musoeva Aziza Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini CEFR orqali shakllantirish va rivojlantirish (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped1562.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rashidova Feruza Musaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtaeva Qo‘ysin Davlatovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini CEFR orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini CEFR orqali rivojlantirishda milliy mentalitetni ko‘zda tutuvchi axborot-metodik ta’minot milliy konsepsiyada aks etgan tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish kabi integrativ ko‘nikmalarni tatbiq etuvchi o‘quvchiga markazlashtirilgan didaktik vositalar asosida takomillashtirilgan;
“Til bo‘yicha bilimlarni baholash turlari va mezonlari” modulining mazmuni integrativlik tamoyillariga asoslangan bo‘lajak o‘qituvchilar kompetensiyasi uchun o‘qitish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan intensiv-innovativ, faol va interfaol mashq va topshiriqlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini auditoriyada va auditoriyadan tashqarida oshirish uchun mustaqil ta’lim (self study) hamda o‘z-o‘zini baholash (self-assessment) ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar tizimi autentik materiallardagi ovozli, vizual va nashrli vositalarga qo‘p bosqichli pedagogik ishlov berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining CEFRda qayd etilgan umumiy va kommunikativ til kompetensiyalari hamda unda ko‘rsatilmagan kompetensiyalarni “pre-service” va “in-service” dasturlari asosida rivojlantirishning didaktik ta’minoti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini CEFR orqali shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar:
SEFR hujjatida keltirilgan talablarni O‘zbekiston tajribasi bilan uyg‘unlashtirgan holda o‘ziga xos milliy mentalitetni ko‘zda tutuvchi axborot-metodik ta’minotni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga asoslangan tadqiqot natijalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 oktyabrdagi 2669/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining lingvistik va kommunikativ kompetensiyasini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash hamda xalqarolashtirishga erishilgan;
milliy mentalitetni ko‘zda tutuvchi axborot-metodik ta’minot tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish kabi integrativ ko‘nikmalarni tatbiq etuvchi o‘quvchiga markazlashtirilgan didaktik vositalar yordamida ishlab chiqilgan milliy konsepsiyadagi tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvining 2021 yil 19 oktyabr kuni efirga uzatilgan soni ssenariysiga kiritilgan hamda uni tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 3 noyabrdagi 01-11/534-son ma’lumotnomasi). Natijada CEFRning chet tili OTMlari tizimidagi o‘rni va ahamiyatining ilmiy jihatlari va ilmiy-amaliy hamda metodologik g‘oyalari ommalashtirilgan va tomoshabinlar uchun tayyorlangan materiallar mazmunini boyishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini o‘qitish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan intensiv-innovativ, faol va interfaol mashq va topshiriqlar orqali takomillashtirishga qaratilgan natijalar “Integrated course of teaching foreign languages” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-253-sonli nashr guvohnomasi). Natijada xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishlari talabalarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, ingliz tilida tinglab tushunish, o‘qish, yozish, gapirish ko‘nikmalari, lug‘at boyligi va kasbiy bilimini oshirishga xizmat qilgan;
CEFR talablarini autentik materiallardagi ovozli, vizual va nashrli vositalarga qo‘p bosqichli pedagogik ishlov berish orkali ishlab chiqilgan mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadqiqot natijalari “Independent study skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi nashr guvohnomasi). Natijada xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarining mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy mahoratini auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim (self study) va o‘z-o‘zini baholash (self-assessment) ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish va kasbiy bilimini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanmalar, fan dasturlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim (self study) va o‘z-o‘zini baholash (self-assessment) ko‘nikmalarini o‘stirishga qaratilgan materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 oktyabrdagi 2668/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirishga xizmat qilgan;
CEFRda qayd etilgan umumiy va kommunikativ til kompetensiyalari hamda unda ko‘rsatilmagan kompetensiyalarni “pre-service” va “in-service” dasturlari asosida rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot natijalaridan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 2014-2015 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 21 oktyabrdagi 2675/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini CEFR orqali shakllantirish va rivojlantirishning integrativlik tamoyillari o‘quv jarayoniga moslashtirilgan hamda mutaxassislik predmetini boyitishga xizmat qilgan.