Raximova Mohizar Orifjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipotireoz holatidagi onaning homilasini antropometrik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi» 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2372.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xasanova Dilnoza Axrarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ul`tratovush tekshiruvi yordamida sog‘lom va gipotireoz holatidagi homilador ayollarning homilasining antropometrik rivojlanishini asosiy ko‘rsatkichlarini dinamikada o‘zgarishini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘lom homilador ayollarning homilasining asosiy fetometrik ko‘rsatkichlaridan farqli tartibida gipotireoz holatidagi homilador ayollar kasalikning salbiy omillari ta’sirida homilaning fetometrik ko‘rsatkichlari hamda homilani rivojlanishdan kechikishi asoslangan;
sog‘lom va gipotireoz holatidagi homilador ayollarning homilasini fetometrik ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasi va ularning proporsional rivojlanish nisbatlari gormonal o‘zgarishlar hisobiga isbotlangan;
gipotireoz holatidagi ayollarning qonidagi tireotrop gormoni va homilaning fetometrik ko‘rsatkichlari o‘rtasida skringni barcha davrlarida manfiy korrelyasion bog‘liqlik xamda ona qonidagi erkin T3 va T4 gormonlari miqdorining keskin kamayishi natijasida homilaning fetometrik ko‘rsatkichlar o‘rtasida musbat korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
gipoterioz sharoitida homila boshining ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘rtacha, homilaning qorin aylanasi va son uzunligi o‘rtasida esa minimal bog‘liqlik, ikkinchi skring davrida kuchli bog‘liqlik yuzaga kelganligi hamda birinchi va uchinchi skring davrlarida o‘rtacha va kichik bog‘liqlik isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipoterioz holatidagi onaning homilasining antropometrik ko‘rsatkichlarni o‘zgarishini baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gipoterioz holatidagi onaning homilasining antropometrik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Gipoterioz bilan xastalangan homilador ayollarning homilasini antropometrik ko‘rsatkichlarni o‘zgarishini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 8n-z/558-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashkillashtirilmagan gipotireoz holatidagi va sog‘lom homilaning antropometrik xususiyatlarini turli davrlardagi o‘zgarishlari aniqlanib, ularni tashxislash morfologik baho berish orqali davolash, patsientlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
gipoterioz holatidagi onaning homilasining antropometrik ko‘rsatkichlarni o‘zgarishini baholashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi birinchi markaziy maslahat va tashxisot poliklinikasi va Qibray tuman tibbiyot birlashmasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 iyundagi 08-18312-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi gipotireoz holatidagi ona qonidagi tireotrop gormoni va fetometrik ko‘rsatkichlar o‘rtasida skringni barcha davrlarida manfiy korrelyasion bog‘liqligi natijasida homilaning boshining ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘rtacha, homilaning qorin aylanasi va son uzunligi o‘rtasida esa kichik bog‘liqlik borligi, erkin T3 va va T4 gormonlari bilan esa musbat bog‘liqlik borligi aniqlanib, ayniqsa 2 skring davrida kuchli bog‘liqligi yuzaga kelganligi, 1 va 3 skring davrlarida o‘rtacha va kichik bog‘liqlik borligini yaxshilanganligi baholash imkonini bergan.