Ibragimov Adil Axmedovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy o‘simlik mahsulotlaridan olingan tropolon alkaloidlari asosida tayyorlangan yangi asl o‘smaga qarshi preparatlarning ta’sir mexanizmlarini o‘rganish», 03.00.01 – Biokimyo, 14.00.14 – Onkologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/V130.
Ilmiy maslahatchilar: Kadirova Dilbar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Enikeeva Zulfiya Maxmudovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.V.01.13 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Mukarram Juraaevna, bilogiya fanlari doktori, professor; Gafur-Axunov Mirza Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxammedov Rustam Sultanovich, bilogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smalarga qarshi yangi dori vositalarini DNK va RNK kabi o‘smalarning hujayrali nishonlariga (alkillovchi ta’sir), topoizomeraza II ga, MDR2 va p53 genlarining ekspresiyasiga ta’sirini hamda ularning immunitet va koloniya hosil qiluvchi birliklarni darajasiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
saraton xujayralariga qarshi K-20, K-21, K-23, K-26, K-26v, K-50, K-60 va K61 yangi preparatlarning antimiotik ta’sir mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lgan va saraton hujayrasini zararlovchi yangi preparatlarni normal ichak hujayralari ta’siri aniqlangan;
K-20, K-21, K-23, K-26, K-26v, K-50, K-60 va K61 preparatlarni normal ichak hujayralariga nisbatan faolligi kriptlariga antimitotik faollik pastroq, Sara o‘simtasi hujayralarida esa kolxisindan yuqori, ya’ni preparatlar oddiy ichak hujayralarining mitoz faolligini kamroq pasaytirishi isbotlangan;
xamirturush modellariga, eksperimental o‘smalarga va odamning buyrak o‘smasi hujayralariga yangi dorilarning yuqori alkillovchi ta’siri isbotlangan;
birinchi marta xamirturush va o‘sma hujayralaridan DNK va RNK preparatlarini ajratishning yangi ammoniy-atsetat usuli asoslangan;
apoptoz jarayonini uzaytirilishida DNK reparatsiyasini pasaytirib beruvchi topoizomeraza II ingibirlanishida etopozid ingibitori bilan solishtirganda shu xususiyatni namoyon etuvchi preparatlar ta’siri isbotlangan;
dori preparatlariga chidamli bo‘lgan S.serevisiae zamburug‘ hujayralarida poliferatsiya darajasi bo‘yicha MDR2 geni ekspressiyasini tushiruvchi va p53 genining ekspressiyasini faollashtiruvchi yangi preparatlar ta’siri PZR usuli orqali isbotlangan;
K-20, K-21, K-23, K-26, K-26v, K-50, K-60 va K61 yangi preparatlarning koloniya hosil qiluvchi birlik darajasi, o‘zak hujayralar stimullanish darajasini 16-34 birlikka ortishiga va o‘z navbatida immunitet hamda gemopoezga ta’sir qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy o‘simlik xom ashyosidan tropolon alkaloidlari asosida olingan o‘smaga qarshi yangi preparatlarning ta’sir mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
«Salmonella typhimurium plazmidlarini ishlab chiqarish usuli» uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05610 2018 y.). Natijada yangi usul orqali model achitqi hujayralaridan, hayvon va inson o‘smalaridan nuklein kislotalarni yuqori aniqlikda oson ajratish imkoniyati yaratilgan. Bu usul bilan olingan DNK/RNK, achitqi xujayralari va o‘smalarga sitostatik javob natijalarini yuqori aniqligini ko‘rsatish imkonin bergan;
sarkoma 180 o‘simtasi xujayralarida MDR2 genlarining ekspressiyasi tekshirish bo‘yicha MDR2 genlarining ekspressiyasi natijalaridan «Association of blood groups with the clinical presentation, Egypt Center For Research and Regenerative Medicine» loyixasida foydalanilgan (Misr tadqiqot va regenerativ tibbiyot markazi, 2021 yil 12 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada MDR2 geni o‘simta terapiyasini tashxislash va monitoring qilish uchun noyob marker ekanligi hamda o‘smalarga qarshi preparatlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan;
DNK va RNK toza holda «Ammoniy atsetat usuli» bo‘yicha olingan natijalardan natijalardan «The project of medical center at training & research institute - Jeramba Ilmu Sukses» loyihasida biologik materialdan nuklein kislotalarni ajratib olishda foydalanilgan (Indoneziya o‘quv va ilmiy-tadqiqot instituti tibbiyot markazi, 2021 yil 4 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada «Ammoniy atsetat usuli» usuli orqali ajratib olingan preparatlarining DNK va RNK tozaligi va istiqbolda tajriba natijalaridan eksperimental onkologiya soxasida molekulyar tadqiqotlarda foydalanish imkonini bergan.