Ibragimov Orifjon Alimaxamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda muqobil energiya resurslaridan foydalanishning kartografik metodlari», 11.00.06 - Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Gr206.
Ilmiy rahbar: Safarov Eshkobul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston villiy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Hikmatov Fazliddin Hikmatovich? geografiya fanlari doktori, professor; Xakimova Kamolatxon Raximjonovna geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda muqobil energiya resurslaridan foydalanishni takomillashtirishda zamonaviy topogeodezik va kartografik metodlar asosida muqobil energiya resurslari hamda ob’ektlarining geografik axborotlar tizimi (GAT)da ma’lumotlar bazasini yaratish hamda seriyali kartalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muqobil energiya resurslari va ob’ektlarini kartaga olishning topogeodezik-kartografik usullari GAT texnologiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining tarqalish areallari, harakatlanish va o‘zgarish tendensiyalarining kartografik tasvirlash usullari takomillashtirilgan;
muqobil energiya ob’ektlari quriladigan joylarni masofadan zondlash usullari va zamonaviy geodezik asboblar orqali topos’yomka qilish asosida hududlarning GAT ma’lumotlari bazasi yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotlari, ArcGIS online dasturidagi OpenStreetMap bazasi va bulutli texnologiyalar asosida muqobil energiya resurslarining interaktiv dinamik kartalari yaratilgan;
muqobil energiya resurslari va ob’ektlarining kartografik tasvirlash usullari hamda kartalarning matematik, geodezik, geografik asoslarini takomillashtirish asosida tizimli kartalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Muqobil energiya resurslaridan foydalanishda kartografik metodlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GAT texnologiyalarini qo‘llab, muqobil energiya resurslari hamda ob’ektlarini kartaga olishning takomillashtirilgan topogeodezik va kartografik usullari “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 18 maydagi 03-08-439-son ma’lumotnomasi). Natijada, geoma’lumotlar bazasi asosida elektr energetika kartalarini yaratish va bu boradagi o‘quv atlaslarini tayyorlash imkonini bergan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan quyosh energiyasi, shamol va suv manbalarining tarqalish areallari, harakatlanish va o‘zgarish tendensiyalarini kartografik tasvirlashning takomillashtirilgan usullari “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 18 maydagi 03-08-439-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasi “Iqlim” va “Er usti suvlari” bo‘limlarining mazmunini boyitish, ulardagi kartalarning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan;
muqobil energiya ob’ektlari quriladigan hududlarning topoplanlari va yaratilgan GAT ma’lumotlari bazasi “Samarqand aerogeodeziya” korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 18 maydagi 03-08-439-son ma’lumotnomasi). Natijada, geoma’lumotlar bazasidan foydalanib, tuman zaxirasidagi 2050 gektar er maydonini fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarishi uchun er ajratish va kadastr topoplanini tuzish imkoniyatini bergan;
muqobil energiya resurslari haqidagi Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotlari, internet tarmog‘idagi ArcGIS online dasturidagi OpenStreetMap bazasi va bulutli texnologiyalar asosida yaratilgan interaktiv dinamik kartalari “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasida O‘zbekiston Respublikasining mahallalar kesimida interaktiv kartalarini yaratishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 18 maydagi 03-08-439-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi mahallalarining interaktiv dinamik kartalarini yaratish imkonini bergan;
respublikamizda joylashgan muqobil energiya ob’ektlari va resurslari haqida ma’lumot beruvchi ishlab chiqilgan seriyali kartalar “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining O‘lkashunoslik atlaslarini ishlab chiqishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 18 maydagi 03-08-439-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining o‘lkashunoslik atlaslari mazmunini boyitish, ulardagi kartalarning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan.