Djumaev Karomat Shoyimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksa va qari yoshdagi odamlar jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlarining hayot tarzi bilan bog‘liq holdagi qiyosiy xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2365.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxorodavlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa va qari yoshdagi odamlar jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlarini ularning hayot tarzi bilan bog‘liq holdagi qiyosiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy sharoitlarda keksa va qari yoshdagi odamlar jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlarining ishonchli gender farqlari, tana vazn indeksi keksalarda qarilarga nisbatan yuqori bo‘lishi, shuningdek, ayollarda erkaklarga nisbatan semizlikning ko‘prok uchrashi ko‘rsatilgan;
birinchi marta keksa va qari yoshli odamlarning jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlari jismoniy faollik darajasiga bog‘liqligi, jismoniy faollikning oshib borishi bilan jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlari me’yorlashib borishi aniqlangan;
ilk bor keksa va qari yoshdagi odamlar jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlari ularning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanganligini hisobga olgan holda baholangan bo‘lib, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarda semizlikning yuqori darajalari uchramasligi aniqlangan;
keksa va qari yoshdagi odamlarda zararli odatlar ta’sirida jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlarining asosiy patognomik xavf omillarini verifikatsiya qilgan holda zararli odatlari bo‘lganlarda o‘sish ko‘rsatkichlarining yuqori tarqalganligini aks ettiruvchi populyasion qonuniyatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keksa va qari yoshdagi odamlar jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlarining hayot tarzi bilan bog‘liq holdagi qiyosiy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
keksa va qari yoshdagi odamlarning antropometrik ko‘rsatkichlariga jismoniy faollikning ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Keksa va qari yoshdagi odamlarning antropometrik ko‘rsatkichlariga jismoniy faollikning ta’sirini baholash metodikasi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 martdagi 8n-r/226-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma keksa va qari yoshdagi odamlarning antropometrik ko‘rsatkichlariga jismoniy faollikning ta’sirini baholash usullari haqida tavsiyalar berish imkonini bergan;
Keksa va qari yoshdagi odamlarning antropometrik ko‘rsatkichlariga jismoniy faollikning ta’sirini baholash metodikasi bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi, Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi va Olot tuman tibbiyot birlashmalari amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 martdagi 8n-z/139-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, keksa va qari yoshdagi odamlarning antropometrik ko‘rsatkichlariga jismoniy faollikning ta’sirini baholash, bemorlarda kasalliklarning oldini olish, erta tashxislash va profilaktika usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.