Togaev Salim Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1229.
Ilmiy rahbar: Bobakulov Tulkin Ibodullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dodiev Fozil Utkurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari aktivlari rentabelligining yuqori va barqaror darajasini ta’minlashda bir soha (tarmoq) yo‘naltirilgan aktivlar 30 foizdan oshirmaslik va foizli daromadlar miqdori jami daromadlarning 70 foizidan kam bo‘lmasligi taklif etilgan;
tijorat banklari kredit portfelining sifatini oshirishda kreditlar bo‘yicha shakllantirilgan zaxiralar miqdori jami aktivlarning bir foizidan oshirmaslik taklif etilgan;
tijorat banklari daromad bazasining barqarorligini ta’minlashda jalb qilingan mablag‘lar tarkibida transaksion depozitlarning ulushini 30 foizdan oshirmaslik taklif etilgan;
tijorat banklarining korporativ boshqaruvini takomillashtirishda kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 30 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash taklif etilgan;
tijorat banklarida kuzatuv kengashi ishining samaradorligini ta’minlash maqsadida kengash huzurida «audit qo‘mitasi», «tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasi»ni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari aktivlari rentabelligining yuqori va barqaror darajasini ta’minlashda bir soha (tarmoq) yo‘naltirilgan aktivlar 30 foizdan oshirmaslik va foizli daromadlar miqdori jami daromadlarning 70 foizidan kam bo‘lmasligi taklifi AT «Turonbank» Kengashining 2020 yil 10 dekabrdagi 12/4-son qarori bilan tasdiqlangan «Bankni rivojlantirish strategiyasi»ga kiritilgan (AT “Turonbank”ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 4435/24-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida AT “Turonbank”da foizli xarajatlarning foizli daromadlarga nisbatan darajasi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 9,5 foizli punktga pasaygan;
tijorat banklari kredit portfelining sifatini oshirishda kreditlar bo‘yicha shakllantirilgan zaxiralar miqdori jami aktivlarning bir foizidan oshirmaslik taklifi AT «Turonbank» Kengashining 2020 yil 10 dekabrdagi 12/4-son qarori bilan tasdiqlangan «Bankni rivojlantirish strategiyasi»ga kiritilgan (AT “Turonbank”ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 4435/24-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2020 yilda 2019 yilga nisbatan AT “Turonbank”da kreditlar bo‘yicha zaxiralarning kreditlardan olingan foizli daromadlarga nisbatan darajasi 0,7 foizli punktga pasaygan;
tijorat banklari daromad bazasining barqarorligini ta’minlashda jalb qilingan mablag‘lar tarkibida transaksion depozitlarning ulushini 30 foizdan oshirmaslik taklifi AT «Turonbank» Kengashining 2020 yil 10 dekabrdagi 12/4-son qarori bilan tasdiqlangan «Bankni rivojlantirish strategiyasi»ga kiritilgan (AT “Turonbank”ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 4435/24-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida AT “Turonbankning 1 so‘mlik aktivlarga to‘g‘ri keladigan daromad darajasi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 0,2 foizli punktga oshgan;
tijorat banklarining korporativ boshqaruvini takomillashtirishda kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 30 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (AT “Turonbank”ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 4435/24-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida AT “Turonbank”ning kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 30 foiz bo‘lishi ta’minlangan;
tijorat banklarida kuzatuv kengashi ishining samaradorligini ta’minlash maqsadida kengash huzurida «audit qo‘mitasi», «tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasi»ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (AT “Turonbank”ning 2021 yil 15 sentyabrdagi 4435/24-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning korporativ boshqaruv ko‘rsatkichlarining ijobiy tomonga o‘sish sur’atlarini 6,7 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish