Batirxanova Madina Oybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Somatik frazeologik birliklar tarjimasining lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlari (o‘zbek, rus va ingliz tillardagi tana  a’zolarining “Bosh” qismi asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fi1222.    
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Bosh” komponentli somatik frazeologizmlarning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ma’nosini yoritish va bu birliklarning matnda qo‘llanish xususiyatlarini lingvokul`turologik hamda pragmatik nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi “bosh” tana a’zoli somatik frazeologik birliklar milliy “madaniy kodlar” orqali asoslanib, “bosh” tana uzvi ibora komponenti sifatida ingliz va rus tillarida keng qo‘llanilishi aniqlangan;
somatik frazeologik birliklar tarjimasi o‘zbek tilidan rus va ingliz tillariga transliteratsiya, tasviriy, transformatsion, kal`ka usullari orqali amalga oshganligi dalillangan;
o‘zbek frazeologiyasi fondida somatizmlar bilan bog‘liq bo‘lgan birliklar salmoqli o‘rin tutishi nafaqat kundalik faoliyatda, balki badiiy adabiyotda ham qahramonlar ruhiy kechinmalari ifodasida inson tana a’zolari ishtirokining faolligi bilan izohlanib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida emotsional-ekspressivlik, bo‘yoqdorlik jihatlari bilan farqlanishi isbotlangan;
somatik frazeologik birliklar tarjimasida pragmatik muvofiqlikni ta’minlash uchun ekvivalent va muqobil tarjima usullaridan foydalanish zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek, rus va ingliz tillarida somatik frazeologik birliklar tahlilidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi “bosh” tana a’zoli somatik frazeologik birliklar milliy “madaniy kodlar” orqali asoslanib, “bosh” tana uzvi ibora komponenti sifatida ingliz va rus tillarida keng qo‘llanilishiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish”  mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 26 martdagi 115/3-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq frazeologizmlari, maqol va matallarining til va madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini lingvistik tadqiqi nazariy jihatdan boyitilgan boyitilgan;
 somatik frazeologik birliklarning o‘zbek tilidan rus va ingliz tillariga ekvivalent, muqobil va kal`ka, ingliz va rus tillaridan o‘zbek tiliga tasviriy hamda leksik bayon usullari orqali amalga oshirilishi haqidagi nazariy qarashlardan Artvin Coruh Universitesi maruzachisi Dr. Erhan Girayning “Abdulla Qahhor hikoyanavisligi” nomli loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Artvin Coruh universitetining 2022 yil 25 apreldagi E.9632-son ma’lumotnomasi). Natijada somatik frazeologik birliklar tarjimasi va usullari haqidagi nazariy qarashlar loyihaning amaliy jihatlariga tatbiq qilingan;
somatik frazeologik birliklar tarjimasida pragmatik muvofiqlikni ta’minlash uchun ekvivalent va muqobil tarjima usullaridan foydalanish zarurligiga doir xulosalaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Ochiq muloqot”, “Dolzarb mavzu”, “Zamondosh”, “Qadriyat”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Kun mavzusi”, “Ziyo maskanlarida”, “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 3 martdagi 51-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar milliy va ma’rifiy jihatdan boyitilgan, tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi ortgan, eshittirishlar ssenariysi mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish