Kobilova Aziza Baxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatida tibbiy perifrazalarning xususiyatlari», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1135.
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Kosimova Nafisa Farxodovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari tibbiy perifrazalarini lingvomadaniy tahlil doirasida sotsiomadaniy, kontekstual-diskursiv, ijtimoiy-psixologik, funksional aspektlarda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy perifrazalardagi estetik va baholovchi axborot tashish xususiyatining va mazmun chegarasi o‘zgarishining tildan foydalanuvchi  millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishda diaxronik (tarixiy taraqqiyot kesimida) usulning ustuvorligini belgilashi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tibbiy perifrazalari shakllanish jarayonining kommunikativ va derivativ xarakteri lisoniy birlikning matn rivoji doirasida voqelanishi va matn hosil qilish qonuniyatlari bilan belgilanishi, mazkur jarayon natijasi sifatida perifrazaning ikkilamchi mahsulot ekanligi asoslangan;  
tibbiy perifrazalarning neytral va emotsionalligi, kontekstga bog‘liq va bog‘liq emasligida namoyon bo‘ladigan ichki qarama-qarshiliklarga ularning turli matnlar doirasida kontekstual va derivatsion mazmun kasb etishi, turli kontekstlarda ta’riflanishiga ehtiyoj sezish va sezmaslik tabiati sabab bo‘lishi aniqlangan;
har ikki tildagi tibbiy perifrazalarning birlamchi omillari sifatida kontekstual-diskursiv xususiyatlari, matnga xos bo‘lgan intertekstuallik, kontekstual vaziyat, shakl va mazmun mutanosibligi/nomutanosibligi hamda tillararo struktur, sistem va funksional asimmetriya, ikkilamchi omillar esa perifrazalarning lingvomadaniy tabiati, dinamik xarakterida namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek  tili tibbiy perifrazalarining leksik-stilistik, morfologik va struktur xususiyatlarini lingvokul`turologik nuqtai nazardan qiyosan o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ikki qardosh bo‘lmagan tillar doirasidagi tibbiy perifrazalarning yuzaga kelish yo‘llari haqidagi umumlashma nazariy qarashlar, ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy perifrazalarning o‘zaro o‘xshash hamda farqli jihatlari muammosi bilan bog‘liq xulosalardan Navoiy davlat pedagogika institutida bajarilgan F1-XT-0-19919A-1-118 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Navoiy davlat pedagogika institutining 2021 yil 28 iyundagi 8887-1827/04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari ikki til doirasidagi tibbiy perifrazalar tahliliga asoslangan soha lug‘atlari yaratilgan va yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
tibbiy perifrazalarga xos lug‘aviy ma’no guruhlarining fikr ifodalashdagi roli, ingliz va o‘zbek tili tibbiy perifrazalarining lingvistik: leksik-stilistik, morfologik va struktur, lingvokul`turologik xususiyatlari haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 29 iyundagi 1377/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy perifrazalar tahliliga asoslangan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratilgan hamda o‘quv jarayoniga joriy qilingan;
tibbiy perifrazalarning milliy xosliklarga ega semantik ma’no guruhlari, ularning nutq intensiyasini ifodalashdagi roli xususidagi nazariy ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetida 2018-2019 yillarda bajarilgan AQShning  SUZ800-18-IN0049 raqamli “Kitobxonlar klubi” mavzusidagi xorijiy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 29 iyundagi 05-01-0316-son ma’lumotnomasi). Natijada muloqot jarayonida perifrazalardan foydalanishga oid yangicha qarashlar yuzaga kelgan; o‘quvchi-kitobxonlarda lingvistik va kommunikativ qobiliyatning takomiliga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillar tibbiy perifrazalarining lingvokul`turologik xususiyatlari asosidagi nazariy va amaliy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” ko‘rsatuvlari  ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 9 iyundagi 1/160-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ko‘rsatuv jarayonida suhbatdosh bilan o‘rnatiladigan dialogik  muloqotda nutq ravonligi, tushunchalar qo‘llanishining aniqligi, jumladan, perifrazalarning lingvistik nuqtai nazardan to‘g‘ri ishlatilishi hamda  nutq madaniyatining shakllanishi borasida tavsiyalar shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish