Qodirov Alisher Keldievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning ijtimoiy pedagogik texnologiyalari”, 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped403.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida ma’naviy-ma’rifiy ishlarda yoshlarni ma’naviy tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda mehnatga ijobiy munosabatni, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash istagini hamda ijodiy mehnatga bo‘lgan ehtiyojini milliy qadriyatlarga muvofiq rivojlantirish, burch, mas’uliyat, maqsadga yo‘nalganlik, halollik tuyg‘ularini, mehnatsevarlik va mehnatga bo‘lgan ehtiyojni tarbiyalash kabi ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar mafkuraviy xarita asosida takomillashtirilgan;
yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning metodik talablari asosida milliy g‘oya ruhi singdirilgan tadbirlarni tashkil etish hamda tarbiya jarayonini amalga oshirishga qaratilgan pedagogik faoliyat, ta’lim maydoni, pedagogning kasbiy mahorati, ta’lim muassasasi tuzilmasi kabi komponentlar aniqlashtirilgan;
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning pedagogik (ta’sirchan, yorqin taassurot, qiziqtirish) hamda ijtimoiy shartlar tizimi (ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim sohasiga ma’naviy-axloqiy mazmunni joriy etish, jamoat birlashmalarining yoshlar bilan ishlashi, ta’lim muassasalarining madaniyat, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoyalash va huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorligi) infoteynment modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik yo‘nalishlari (uyg‘unlik, tizimlilik, mas’uliyat, muvofiqlashtirish) mazmuniga ustuvorlik berish, shuningdek yoshlardagi ijtimoiy faollik sifatini oshirishga qaratilgan mahorat darslari, ijodiy seminarlar, ota-onalar konferensiyalari, mavzuga oid konsul`tatsiyalar, sayyor qabullar, ochiq muloqotlar tashkil etilishi orqali yanada takomillashtirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida tuman, shaharlari ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmalari faoliyatida yoshlar ma’rifatini yuksaltirish texnologiyalari takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlarda mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash istagini hamda ijodiy mehnatga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantirish, burch, mas’uliyat, maqsadga yo‘nalganlik, halollik tuyg‘ularini, mehnatsevarlik va mehnatga bo‘lgan ehtiyojni tarbiyalash kabi ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar mafkuraviy xarita asosida takomillashtirilganligi, yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning metodik talablari asosida milliy g‘oya ruhi singdirilgan tadbirlarni tashkil etish hamda tarbiya jarayonini amalga oshirishga qaratilgan pedagogik faoliyat, ta’lim maydoni, pedagogning kasbiy mahorati, ta’lim muassasasi tuzilmasi kabi komponentlar aniqlashtirilganligi kabi natijalar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 18 martdagi 02/02/436-son ma’lumotnomasi). Mazkur dasturlar asosida tuman, shaharlari ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmalari faoliyatida yoshlar ma’rifatini yuksaltirishning samarali texnologiyalarini tashkil qilish imkoniyati yaratilgan;
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning pedagogik (ta’sirchan, yorqin taassurot, qiziqtirish) hamda ijtimoiy shartlar tizimi (ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim sohasiga ma’naviy-axloqiy mazmunni joriy etish, jamoat birlashmalarining yoshlar bilan ishlashi, ta’lim muassasalarining madaniyat, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoyalash va huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorligi) infoteynment modellashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid natijadan Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 03-03/417-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadbirlar ma’naviy-ma’rifiy ishlarda yoshlarni ma’naviy tarbiyalash tizimi bosqichlarining ta’sirchanligini hamda yoshlarimizni ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashning sub’ektlariga aylantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik yo‘nalishlari (uyg‘unlik, tizimlilik, mas’uliyat, muvofiqlashtirish) mazmuniga ustuvorlik berish, shuningdek yoshlardagi ijtimoiy faollik sifatini oshirishga qaratilgan mahorat darslari, ijodiy seminarlar, ota-onalar konferensiyalari, mavzuga oid konsul`tatsiyalar, sayyor qabullar, ochiq muloqotlar tashkil etilishi orqali yanada takomillashtirilishi asoslanganligi kabi yangiliklardan Yoshlar agentligi faoliyatida foydalanilib, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishi, ya’ni «Inson qadrini yuksaltirish», «Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash», «Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish», «Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish», «Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash», «Milliy manfaatlar asosida umumbashariy muammolarga yondashish», «Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash va ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish» kabi Davlat dasturlari va rejalari doirasida olib borilagan ishlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlarining metodologik asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 17 fevraldagi 4-13-23-413-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadbirlar natijasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning pedagogik shartlar tizimi (ta’sirchan, yorqin taassurot, qiziqtirish) modullashtirish asosida takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish