Yusupova Zebo Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Disk uloqtiruvchilarning harakatlanish parametrlarini biomexanik tahlil qilish asosida maxsus kuch tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped1492.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, PhD.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Shakirjanova Klara Tashkenbaevna, pedagogika fanlar nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Innoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yadgarov Boxodir Jumatovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi disk uloqtiruvchi sportchilarning aylanib uloqtirishni bajarish texnikasini va maxsus kuch tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
disk uloqtiruvchilarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulot faoliyatida qo‘llanilgan yuklamalar hajmining musobaqa oldi mezotsikllar bo‘yicha taqsimlanishini maxsus texnik tayyorgarlik tizimiga kiritish hisobiga sportchilarning texnik tayyorgarlik darajasiga bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
disk uloqtiruvchi sportchilarning biomexanik harakatlanish ko‘rsatgichlarini texnik tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib diskning uchib chiqish o‘rtacha tezligi, diskning uchib chiqish burchagini ratsionallashtirish hisobiga yuzaga kelgan har bir xatoni korreksiyalashga qaratilgan majmua taklif etilgan;
disk uloqtiruvchilarning musobaqa oldi tayyorgarligida (FREEMGE va G-WALK yordamida) sportchilarning aylanishga tayyorgarlik ko‘rish, aylanishda oyoqdan-oyoqga o‘tish va uloqtirishda tormozlanish fazalar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga uloqtirish biokinematikasini o‘zlashtirish jarayoni takomillashtirilgan;
disk uloqtiruvchilarning kuch qobiliyatini rivojlantirish uchun diskning harakatlanishida aerodinamik harakat traektoriyasidagi imkoniyatidan kelib chiqib ko‘p kuch sarf qilinadigan mashqlarni dinamik va statik faoliyatdagi mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga maxsus kuch tayyorgarligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil atletikada ixtisoslashtirilgan disk uloqtiruvchi sportchi-talabalarda disk uloqtiruvchilarning maxsus kuch tayyorgarligini biomexanik harakatlanish ko‘rsatgichlari bo‘yicha takomillashtirish uslubiyatini ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
disk uloqtiruvchilarning kuch qobiliyatini rivojlantirish uchun diskning harakatlanishida aerodinamik harakat traektoriyasidagi imkoniyatidan kelib chiqib ko‘p kuch sarf qilinadigan mashqlarni dinamik va statik mashg‘ulotga mos ravishda rejalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarning mazmuni asosida “Sport biomexanikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-7/142-son ma’lumotnomasi). Natijada disk uloqtiruvchilarning sport natijalari 9,0% ga yaxshilangan;
disk uloqtiruvchilarning musobaqa oldi tayyorgarligida (FREEMGE va G-WALK yordamida) sportchilarning aylanishga tayyorgarlik ko‘rish, aylanishda oyoqdan-oyoqga o‘tish va uloqtirishda tormozlanish fazalar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan mashqlar majmuasini ishlab chiqish taklif va tavsiyalar «Sport biomexanikasi» nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-183-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot yakunida 100 metrga yugurishda 20,24% ga, joyidan turib uzunlikka sakrashda 19,28% ga, 3 kgli to‘ldirma to‘pni bosh ortidan oldinga uloqtirganda 17,36% ga, 60 kg shtanga bilan o‘tirib turganda 23,71% ga o‘sishi kuzatilgan;
disk uloqtiruvchi sportchilarning biomexanik harakatlanish ko‘rsatgichlarini texnik tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, diskning uchib chiqish o‘rtacha tezligi, diskning uchib chiqish burchagini ratsionallashtirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar «Sport biomexanikasi» nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabr 676-183-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot yakunida sportchi talaba-qizlarining kinematik xarakteristikalarini nisbiy o‘sish dinamikasi diskni uchib chiqish burchagi 12,56% ga, o‘rtacha tezlik 14,25 % ga, uchish masofasi 12,46 % ga yaxshilangan;
disk uloqtiruvchilarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulot faoliyatida qo‘llanilgan yuklamalar hajmining musobaqa oldi mezotsikllar bo‘yicha taqsimlanishini maxsus texnik tayyorgarlik tizimiga qo‘llash bo‘yicha pedagogik yo‘riqnoma shakllantirilgan va amaliyotga tatbiq etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 29 noyabrdagi 03-17-02-11073-son ma’lumotnomasi). Natijada disk uloqtiruvchilarning texnik tayyorgarligi 12% ga yaxshilangan.