Xasanov Otabek Xamidjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh futbolchilarni musobaqaga oid qobiliyatlarini mashg‘ulot jarayonida takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1861.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Gapparov Zaxid Gapparovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Shadjalilov Sherzod Inogamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh futbolchilarni musobaqaga oid qobiliyatlarini saralangan testlar orqali rivojlantirish va mashg‘ulot jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh futbolchilarni mashg‘ulot va musobaqadagi faolligini oshirish uchun an’anaviy jarayonli motivatsiyasini texnika aniqligini mashg‘ulot jarayonida raqobatlashish muhiti orqali har bir aniq harakat uchun reyting ballar qo‘yib borish, texnik elementlarni (to‘pga oyoqni ichki qismida zarba berish, to‘pni ko‘krakda to‘xtatish, to‘pga bosh bilan zarba berish) son va sifat jihatdan natijaviy motivatsiyaga o‘zgartirish natijasida musobaqada faol ishtirok etish imkoniyati kengaytirilgan;
yosh futbolchilarni mashg‘ulot jarayonidagi harakatlanish imkoniyatini faollashtirish uchun maxsus mashqlar orqali to‘pni his qilish elementlarini ishlab chiqilgan model dasturida (maqsadli janglyor qilish, to‘pni tez uzatish, to‘pni aniq uzatish) qat’iy reglamentlashtirish hisobiga futbolchilarning nazariy, jismoniy, texnik tayorgarlik darajasini oshirishning ilmiy uslubiyati takomillashtirilgan;
yosh futbolchilarni musobaqadagi murakkab vaziyatlarda texnik elementlarini boshlang‘ich fazalarini takomillashtirishga qaratilgan usullar arsenalidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish uchun o‘yin vaziyatiga mos texnik harakatlarni irodaviy zo‘r berish evaziga modellashtirilgan uslubiyatini futbolchilarni o‘z-o‘zini baholash majmuasini ishlab chiqish hisobiga musobaqa oldi tayyorgarligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
yosh futbolchilarni taktik tafakkurini rivojlantirishda kompyuter dasturidan foydalanib (tezkor tafakkur, tez va aniq qaror qabul qilish, vaziyatni tez idrok etish kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan) mashg‘ulot jarayonida kam kuch, kam vaqt sarflash hamda taktik usullarni boshlang‘ich fazalarini o‘yinchi ampluasi bo‘yicha joylashuvini xotirasida saqlashga yo‘naltirilgan taktik kombinatsiyalarni qo‘llash hisobiga mashg‘ulotning mahsuldorligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh futbolchilarning musobaqaga oid qobiliyatlarini mashg‘ulot jarayonida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tajribalar asosida:
yosh futbolchilarni mashg‘ulot va musobaqadagi faolligini oshirish uchun an’anaviy jarayonli motivatsiyasini va texnika aniqligini mashg‘ulot jarayonida raqobatlashish muhiti orqali har bir aniq harakat uchun reyting ballar qo‘yib borish, texnik elementlarni son va sifat jihatdan natijaviy motivatsiyaga o‘zgartirish bo‘yicha takliflar Toshkent shahar Bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining mashg‘ulot dasturiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 15 apreldagi 04-07-08/106-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot yakunida tajriba guruhi futbolchilarning musobaqa faoliyatidagi g‘alabalar soni 4 taga ko‘paygan va musobaqa ko‘rsatkichlari 18,5% ga yaxshilangan;
yosh futbolchilarni mashg‘ulot jarayonidagi harakatlanish imkoniyatini faollashtirish uchun maxsus mashqlar orqali to‘pni his qilish elementlari harakatli o‘yinlarni jismoniy sifatlar darajasiga moslashtirish hisobiga futbolchilarning nazariy hamda jismoniy texnik tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha takliflar, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji yosh futbolchilari mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 15 apreldagi 04-07-08/106-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot guruhi futbolchilarining yetakchi oyoqlarini texnik-taktik imkoniyatlari 19%, yetakchi bo‘lmagan oyoqlarini texnik-taktik imkoniyatlari 13% oshganligi aniqlangan;
yosh futbolchilarni musobaqadagi murakkab vaziyatlarda texnik elementlarini boshlang‘ich fazalarini takomillashtirishga qaratilgan usullar arsenalidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish uchun o‘yin vaziyatiga mos texnik harakatlarni irodaviy zo‘r berish evaziga modellashtirilgan uslubiyatini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi” yillik mashg‘ulot rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 15 apreldagi 04-07-08/106-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot guruhi tadqiqotdan so‘ng guruh va individual vaqti 8,89 qisqardi ya’ni umumiy ko‘rsatkichlar 12% ni tashkil etgan;
yosh futbolchilarni taktik tafakkurini rivojlantirishda kompyuter dasturidan foydalanib mashg‘ulot jarayonida kam kuch, kam vaqt sarflash hamda taktik usullarni boshlang‘ich fazalarini o‘yinchi ampluasi bo‘yicha joylashuvini xotirasida saqlashga yo‘naltirilgan taktik kombinatsiyalarni qo‘llash hisobiga mashg‘ulotning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha takliflar Toshkent shahar futbol akademiyasida olib boriladigan o‘quv mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 15 apreldagi 04-07-08/106-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot so‘ngida futbolchilarni taktik tafakkuri 8,25 sekundga qisqarib taktik kombinatsiyalarni bajarishdagi xatolar soni tadqiqot boshida 61 ta edi, tadqiqotdan so‘ng esa xatolar soni 6 tani tashkil etdi, umumiy xatolar 55 taga qisqargan ya’ni bu ko‘rsatqich 45% tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish