Igamberdiev Obidjon Rubdulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablaridagi 11-12 yoshli o‘quvchilarni futbol bilan shug‘ullantirish orqali jismoniy tayyorgarligini oshirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1845.
Ilmiy rahbar: Nurimov Rahmonberdi Igamberdievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor;
Ish bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, PhD.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Erdonov Orif Latipovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablaridagi 4-5-sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun yoshga oid xususiyatlarini inobatga olgan holda futbol to‘garaklarni tashkil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
futbol mashg‘ulotlarida shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tayyorlov, o‘yin, to‘p bilan bajariladigan individual va guruhli mashqlarni tayanch mezotsiklga kiritish hisobiga musobaqalarga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
umumta’lim maktablarida shug‘ullanuvchilarning yoshini inobatga olgan holda futbol to‘garaklarini tashkil qilishga qaratilgan vaqtinchalik va doimiy mashg‘ulot guruhlarini tartiblashtiruvchi tizimni ishlab chiqish hisobiga ommaviy sport bilan qamrab olish imkoniyatlari kengaytirilgan;
asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida yillik mashg‘ulot vositalari jismoniy tayyorgarlikni oshirishga yo‘naltirilgan holda, o‘rtacha mashq rukniga to‘g‘ri keluvchi mashqlarni standart va o‘zgaruvchan mashq uslubiyati bo‘yicha qat’iy tartibga solish hisobiga jismoniy sifatlarni rivojlantirish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
4-5-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan jismoniy tarbiya vositalarini shiddati va hajmini me’yorlash orqali mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan mashqlar ritmini belgilash, takrorlash sonini jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun mutanosibligini aniqlash va mashqlar seriyalarini optimallashtirish hisobiga jismoniy sifatlar rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida 11-12 yoshli o‘quvchilarini futbol to‘garaklariga qamrab olish orqali jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
futbol mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlarni mashg‘ulotlar tarkibiga kiritish hisobiga musobaqalarga tayyorlash imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar “Futbol nazariyasi va uslubiyati (Umumta’lim maktablari va BO‘SM ishlarini rejalashtirish)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-raqamli buyrug‘i asosida 106-037 raqamli guvohnoma). Natijada 4-5-sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasini 16,8% ga yaxshilangan;
umumta’lim maktablarida shug‘ullanuvchilarning yoshini inobatga olgan holda futbol to‘garaklarini tashkil qilishga qaratilgan mashg‘ulot guruhlarini tartiblashtiruvchi tizimni ishlab chiqish hisobiga ommaviy sport bilan qamrab olish imkoniyatlari kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Futbol nazariyasi va uslubiyati (Umumta’lim maktablari va BO‘SM ishlarini rejalashtirish)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-raqamli buyrug‘i asosida 106-037 raqamli guvohnoma). Natijada futbol to‘garaklariga qamrab olish 22,5% ga yaxshilangan;
asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida yillik mashg‘ulot vositalari jismoniy tayyorgarlikni oshirishga yo‘naltirilgan holda, o‘rtacha mashq rukniga to‘g‘ri keluvchi mashqlarni standart va o‘zgaruvchan mashq uslubiyati bo‘yicha qat’iy tartibga solish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan mashg‘ulotlar takomillashtirilgan holda “Futbol nazariyasi va uslubiyati (Umumta’lim maktablari va BO‘SM ishlarini rejalashtirish)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-raqamli buyrug‘i asosida 106-037 raqamli guvohnoma). Natijada 4-5-sinf o‘quvchilarining umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi 18,1% ga, maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi 12,4% ga oshgan.
4-5-sinf o‘quvchilarining futbol to‘garaklarida qo‘llaniladigan jismoniy yuklamalarni shiddati va hajmini me’yorlash orqali mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan mashqlar ritmini belgilash, takrorlash sonini jismoniy tayyorgarlikni oshirish uchun mutanosibligini aniqlash va mashqlar seriyalarini optimallashtirish hisobiga jismoniy sifatlar rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Futbol nazariyasi va uslubiyati (Umumta’lim maktablari va BO‘SM ishlarini rejalashtirish)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-raqamli buyrug‘i asosida 106-037 raqamli guvohnoma). Natijada futbol to‘garaklarida shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganlik darajasini 4,6% ga oshirishga imkon bergan.