Taylakova Dilnoza Norbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ona tilidan ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarni yaratish metodikasi», 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped329.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tilidan ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarni yaratish va foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarni yaratish mezonlari va bosqichlari ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning individuallashuv bilan bog‘liq elektron-modulli funksional-didaktik xususiyatlarini ma’lumotlarni qayta ishlash indikatorlari asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Ona tili” fanidan ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarning tarkibiy tuzilishi elektron o‘quv resurslar yaratishga qo‘yiladigan til kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik talablar hamda darsning barcha turlariga refleksiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Ona tili” fanini o‘qitish metodikasi ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron o‘quv resurslari mantiqiy va narrativ ma’lumotlar hamda axborot tizimi spiral modelining asosiy bosqichlarini muloqot qilish uchun sharoit yaratishga ijtimoiy va individual sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarni yaratish masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar orqali ishlashga maqsadli ijodiy muhitni yaratishga xizmat qiluvchi didaktik funksiyalarni moslashtirish hamda ta’limning imitatsion-variativ va vizual-amaliy imkoniyatlariga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tilidan ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarni yaratish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarni yaratish mezonlari va bosqichlari ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning individuallashuv bilan bog‘liq elektron-modulli funksional-didaktik xususiyatlarini ma’lumotlarni qayta ishlash indikatorlari asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-123 raqamli “Fanlardan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasmni yaratish” nomli amaliy loyixa doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 1 martdagi 02-07-594/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarni yaratish mezonarini va bosqichlarini ilmiy asoslash, elektron o‘quv resurslarning tuzilishi va uning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Ona tili” fanidan ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarning tarkibiy tuzilishi elektron o‘quv resurslar yaratishga qo‘yiladigan til kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik talablar hamda darsning barcha turlariga refleksiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’im muassasalari uchun matematikava uni o‘qitish metodtkasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 1 martdagi 02-07-594/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Ona tili” fanidan ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarining tarkibiy tuzilishi elektron resurslar yaratishga qo‘yiladigan pedagogik talab va mezonlarni aniqlash imkoni oshirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Ona tili” fanini o‘qitish metodikasi ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron o‘quv resurslari mantiqiy va narrativ ma’lumotlar modellarini rivojlantirish hamda axborot tizimi spiral modelining asosiy bosqichlarini sinxronlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha xulosalar A-1-123 raqamli “Fanlardan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasmni yaratish” nomli amaliy loyixa doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 1 martdagi 02-07-594/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Ona tili” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
ta’limiy maqsadlarga mo‘ljallangan elektron resurslarni yaratish masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar orqali ishlashga maqsadli ijodiy muhitni yaratishga xizmat qiluvchi didaktik funksiyalarni moslashtirish hamda ta’limning imitatsion-variativ va vizual-amaliy imkoniyatlariga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’im muassasalari uchun matematikava uni o‘qitish metodtkasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2022 yil 1 martdagi 02-07-594/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron resurslarni aialiyotga qo‘llashga doir tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan.