Alimova Dilorom Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta tog‘ sharoitida yuqori malakali bokschi (ayollar)ning mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1439.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, PhD.33/01.02.2022. Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Xalmuxamedov Rustam Dexkanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Innoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Niyazov Abilbay Tuliboevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali bokschi (ayollar)ning mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori malakali bokschi (ayollar)ning musobaqa faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan texnik usullarni bajarish jarayoniga murakkab kombinatsion hujum harakatlari(qarshi zarbalar, qarshi hujum)ni kiritish hisobiga harakatlar tarkibi va tuzilishi takomillashtirilgan;
bokschi (ayollar)ning o‘rta tog‘ sharoitida (zarbdor mezotsiklda) maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun POLAR ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan holda raqib bilan, soya bilan, sherik bilan bajariladigan mashqlar tempi va tiklanish intervali kabi yuklamalarning shiddat zonalari imkoniyatlari kengaytirilgan;
turli mezotsikllarda maxsus ish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot yuklamalarini hajmi va shiddat ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda me’yorlash hisobiga tezlik harakat ko‘rsatkichlari va maxsus chidamlilik zarba kuchi, tezligi, soni va takroriy mashq uslubi orqali optimallashtirilgan;
bokschi (ayollar)ning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun blokli (tezkor va zarbdor) mezotsikllarda yaqinlashtiruvchi interval, o‘yin, aylanma kabi usullarni kiritish hisobiga musobaqaoldi harakatlar arsenali (majmuasi) kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali bokschi (ayollar)ning o‘rta tog‘ sharoitida masuliyatli musobaqalarga tayyorlashning turli mezotsikllarda mashg‘ulot yuklamalarini taqsimlash bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
yuqori malakali bokschi (ayollar)ning musobaqa faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan texnik usullarni bajarish jarayoniga murakkab kombinatsion hujum harakatlari qarshi zarbalar, qarshi hujumni kiritish hisobiga harakatlar tarkibi va tuzilishi takomillashtirilgan va O‘zbekiston terma jamoasi bokschi (ayollar)ining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi tomonidan berilgan 03-17-01-509-son guvohnomasi). Natijada bokschi (ayollar)ning funksional, texnik-taktik tayyorgarligi darajasi (12%) ortgan;
bokschi (ayollar)ning o‘rta tog‘ sharoitida (zarbdor mezotsiklda) maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun POLAR ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan xolda raqib bilan, soya bilan, sherik bilan bajariladigan mashqlar tempi va tiklanish intervali kabi yuklamalarning shiddat zonalari imkoniyatlari kengaytirilgan va O‘zbekiston terma jamoasi bokschi (ayollar)ining o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi tomonidan berilgan 03-17-01-509-son guvohnomasi). Natijada bokschi (ayollar)ning o‘quv-mashg‘ulot jarayonining samaradorligini oshirish va ularning musobaqa faoliyati natijalarini 18% ga yaxshilash imkonini bergan;
turli mezotsikllarda maxsus ish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot yuklamalarini hajmi va shiddat ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda me’yorlash hisobiga tezlik harakat ko‘rsatkichlari va maxsus chidamlilik (zarba kuchi, tezligi, soni va takroriy mashq uslubi) optimallashtirilgan, bokschi (ayollar)ning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun blokli (tezkor va zarbdor) mezotsikllarda yaqinlashtiruvchi interval, o‘yin, aylanma usullarini kiritilishi hisobiga musobaqaoldi harakatlar arsenali (majmuasi) kengaytirilganligi kabi takliflar O‘zbekiston terma jamoasi bokschi (ayollar)ining o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 03-17-01-509–son guvohnomasi). Natijada lisenzion turnirlarda olimpiadi va jahon chempionati(2021 yil da oltin, kumush va 4 ta bronza medal)ga yo‘llanmalar qo‘lga kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish