Eshbaev Erkin Abduxalimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Onalar o‘limida jigar kasalliklarining patologik anatomiyasi» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib565.
Ilmiy maslahatchi: Israilov Rajabbay Israilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Doniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Mavlyanxodjaev Rovshan Shuxratovich, tibbiyot fanlari doktori; Ixtiyorova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xodji Axmad Yasaviy nomidagi Qozoq-Turk halqaro universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar patologiyalari va somatik kasalliklar bilan bog‘liq onalar o‘limi holatlarini turli-tuman omillar majmuida tahlil qilish va zamonaviy o‘ziga xos xususiyatlarini va ularning patologoanatomik tashxisida differensiallangan yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
preeklampsiya, HELLP-sindrom, homiladorlar xolestazi va o‘tkir yog‘li gepatozi bilan xastalangan onalar o‘limi bilan bog‘liq jigarning  patologik holatlarni yuzaga kelishini asosiy sabablari bosh miya shishi, o‘pka shishi, DVS sindrom, bachadondan qon qetishi, gemorragik shok, gemorragik insul`t, respirator distress-sindromning o‘ziga xos struktur va patomorfologik xususiyatlari asoslangan;
o‘tkir va surunkali gepatit bilan bog‘liq bo‘lmagan onalar o‘limi holatlarida jigarning o‘ziga xos patologik o‘zgarishlarni surunkali gepatit bilan bog‘liq bo‘lgan tartibidagi jigar to‘qimalaridagi yuzaga kelgan patologik holatlarning mikrotomirlar devorining o‘tkazuvchanligi oshishi, qon suyuqligi va plazma oqsillarining to‘qimaga chiqishi, shish va parenximatoz hujayralarda distrofik va nekrobiotik o‘zgarishlar rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
COVID-19 bilan bog‘liq onalar o‘limi holatida qon aylanish tizimidagi qonning quyilishi natijasida yuzaga keladigan tromblar  jigarning o‘ziga xos xujayra va to‘qimalarida sodir bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni boshqa virusli kasalliklardagi patomorfologik o‘zgarishlardan farqli solishtirma tahlili asosida funksional holatidagi buzilishlar bilan bog‘liqlik isbotlangan;
onalar o‘limi holatlarida jigardagi patologik o‘zgarishlarning patogenezini oydinlantirish orqali Ki-67 reagentining bemorlarda past darajali ijobiy reaksiyasi, Bcl-2 regaentida esa barcha bemorlarda o‘rta va yuqori darajali salbiy reaksiyasi, preeklamsiyada gepatotsitlar atrofida limfotsitlarni yuqori darajada to‘planish va buni natijasida gepatotsitlar atrofida kuchli yallig‘lanish jarayonlari yuzaga kelishi isbotlangan;
jigar to‘qimasida rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlarni matematik modellash natijasida ma’lumotlik ko‘rsatkich yig‘indisi 46 ga teng bo‘lishi juda yuqori hisoblanib, morfologik o‘zgarishlar koeffisienti 2,6 ga teng bo‘lganligi jigarning og‘ir darajada shikastlanishini ko‘rsatishi bilan birgalikda morfofunksional jihatdan etishmovchilik hamda o‘limning bevosita sabablarini og‘irlashtirganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Onalar o‘limida jigar kasalliklarining patologik anatomiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
onalar o‘limida jigar kasalliklarining patologik anatomiyasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Onalar o‘limida homiladorlikka bog‘liq bo‘lgan jigar kasalliklarining patologoanatomik tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 maydagi 8n-z/265-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma HELLP, o‘tkir yog‘li gepatoz, preeklampsiya va homiladorlik xolestazi va uning oqibatida jigarning funksional tizimidagi o‘zgarishlarni baholash imkonini bergan;
onalar o‘limida jigar kasalliklarining patologik anatomiyasini takomillashtirishga bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Onalar o‘limida homiladorlikga bog‘liq bo‘lmagan jigar kasalliklarining patologoanatomik tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 maydagi 8n-z/265-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkir, surunkali gepatit va COVID-19 pandemiyasida epidemiya davrida virus bilan zararlangan homiladorlar jigarida kuchli va xayot uchun xavfli patologik jarayonlar rivojlanishini oldini olish tizimini ishlab chiqish imkonini bergan;
onalar o‘limida jigar kasalliklarining patologik anatomiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologik anatomiya markazi onalar va bolalar patologiyasi bo‘limi, Andijon va Buxoro viloyatlari patologik anatomiya buyurosi autopsiya bo‘limi, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Toshkent viloyati filialining sud-tibbiy ekspertiza amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 avgustdagi 08-24830–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi jigardagi patomorfologik o‘zgarishlar algoritmi ko‘rsatishicha HELLP sindromi, o‘tkir yog‘li gepatoz, o‘tkir virusli gepatit va COVID-19 da ma’lumotlik koeffisienti 46-65 ball, morfologik o‘zgarishlar koeffisienti yuqori III-darajali, boshqa kasalliklarida esa ma’lumotlik ko‘rsatkichi 31-35 ball, MO‘Kning II-darajani ko‘rsatishi, onalar o‘limi holatlarida jigardagi patologik o‘zgarishlarning patogenezini ochiqlashda immunogistokimyoviy tekshiruv ma’lumotlari, ya’ni Ki-67 ekspressiyalanishi barcha kasalliklarda past darajada ijobiy bo‘lishi, hujayralar proliferatsiyalanish jarayonining pastligini, Bcl-2 salbiy apoptozning pasaymaganligini, CD 20, CD3 periportal yo‘llarda kuchli ijobiy bo‘lishi, limfoproliferativ yallig‘lanish rivojlanishini ko‘rsatishi,  ularning tashxisiy ahamiyati mavjudligini tasdiqlash orqali hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish