Saxatalieva Rayxana Rafaelevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi aholisi o‘rtasida siydik pufagi leykoplakiyasining tarqalishi, patomorfologiyasi va immunogistoximiyasi» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2123.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabbay Israilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Doniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Baxrom Sobirjanovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qozoq-Turkiya universiteti qoshidagi Chimkent tibbiyot instituti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siydik pufagi leykoplakiyasining xavfli omillari, yosh guruhlari bo‘yicha uchrash darajasi, davomiyligini aniqlash va har bir shaklini o‘ziga xos patomorfologik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siydik pufagi leykoplakiyasining oddiy shaklining klinik belgilari yo‘qligiga qaramay, shilliq osti qavatida surunkali yallig‘lanish infil`trati shakllanishi tufayli qoplovchi epiteliy hujayralar qatlamlari 2 barobarga oshishi, yuza qavat hujayralari cho‘zinchoq shaklga kirishi, yadroda pufakchalar va bir-nechta yadrochalar paydo bo‘lishining patomorfologik o‘zgarishlari isbotlangan;
verrukoz shaklida giperkeratoz kuchayishi sababli ko‘p qavatli yassi epiteliyni metaplaziyasi, bazal va parabazal hujayralar giperplaziya va giperxromaziyasi, yuza qavat hujayralarida keratogialin paydo bo‘lishining patomorfologik xususiyatlari asoslangan;
eroziya o‘choqlari paydo bo‘lishi oqibatida siydik pufagi devorining shish va yallig‘lanish hisobiga qalinlashishi, ko‘p qavatli o‘zgaruvchan epiteliyning deyarlik barcha qavatlari destruksiyalanishi, bazal hujayralar joyidan ko‘chishi, parabazal hujayralar titilib, siyraklashib, destruksiyalanishi va yuza qavat hujayralari deskvomatsiyaga uchrashi isbotlangan;
siydik pufagi leykoplakiyasi kechishining og‘irlashgan sari immunogistokimyoviy markerlarning ekspressiyalanishi kuchayishi tufayli siydik pufagi shilliq pardasi va qoplovchi epiteliysidagi Bcl-2 va gen supressorning r53 oqsillarning ekspressiyalanish darajalari kasallikni progressiyasini bashoratlashdagi o‘rni va ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi  aholi o‘rtasida siydik pufagi leykoplakiyasining tarqalishi, patomorfologiyasi va  immuongistokimyosi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
siydik pufagi leykoplakiyasini patomorfologik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Siydik pufagi leykoplakiyasini patomorfologik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlariga qarab aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 maydagi 8i-r/563-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma siydik pufagi leykoplakiyasi va metaplaziyaga uchragan shakllarini morfologik va immunogistokimyoviy o‘ziga xos xususiyatlarini baholash tartibini tizimli tashkillashtirish imkonini bergan;
aholi orasida siydik pufagi leykoplakiyasining tarqalishi, patomorfologiyasi va  immuongistokimyosini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari patologik anatomiya byurolari hamda Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filialining patologik anatomiya bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 avgust 08-23836 son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi siydik pufagi devorining shish va yallig‘lanish hisobiga eroziv shaklida qalinlashishi, ko‘p qavatli o‘zgaruvchan epiteliyning deyarlik barcha qavatlari destruksiyalanishi, bazal hujayralar joyidan ko‘chganligi, parabazal hujayralar titilib, siyraklashib, destruksiyalanganligi va yuza qavat hujayralari deskvamatsiyaga uchrashi, siydik pufagi leykoplakiyasida immunogistokimyoviy markerlardan sitokeratin va Bcl-2 oqsili kasallikning darajasi og‘irlashib borgan sari ekspressiyalanishi kuchayishi ya’ni 43,7%gacha (3,5 ball) etishi, r53 gen supressor tinch holatda faqat hujayra sitoplazmasida, leykoplakiya kasalligi og‘irlashgan sari yadroda ham ekspressiyalanishi 19,4%gacha oshganligini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish