Usmonov Jasur Ziyodillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Holati yomonlashib qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan bo‘z erlardan foydalanish samaradorligini oshirishni ilmiy asoslash (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 06.01.10 - Er tuzish, kadastr va er monitoringi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx478.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Maksud Ismoilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat agrar universiteti, PhD.05/04.03.2022.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Reimov Nietbay Baynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Babajanov Allabergan Ro‘zimovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi holati yomonlashib qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan bo‘z erlarni qishloq xo‘jaligiga qaytarish hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Er fondi ↔ jamiyat o‘rtasida korellyasion bog‘liq bo‘lgan holati yomonlashib qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib ketgan bo‘z erlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari ilmiy asoslangan;
er tuzish loyihalari asosida qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan bo‘z erlarni qayta oborotga kiritishda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-xo‘jalik, texnik-texnologik va ekologik samaradorlikka erishilganligi asoslangan;
bir gektar lalmi er maydonini yangidan o‘zlashtirib sug‘oriladigan ekin er maydoniga aylantirish harajatlari hisobiga nisbatan holati yomon bo‘z er maydonlarini qayta oborotga kiritish harajatlari bir necha barobarga qisqarishi isbotlangan;
ilk bor er tuzish va loyihalash ishlarida avtomorf (er osti suvlari sathi >3 m) tuproqlar tarqalgan sharoitda qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqqan murakkab konturli er maydonlarni yaxlitlash asosida resurstejamkor texologiyalarni joriy qilish yuqori samara berishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Holati yomonlashib qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan bo‘z erlardan foydalanish samaradorligini oshirishni ilmiy asoslash (Qashqadaryo viloyati misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan erlardan foydalanish samaradorligini oshirish» bo‘yicha ilmiy-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 16 maydagi 05/30-04/3036-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikadagi mavjud qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan erlardan foydalanish samaradorligini oshirish ilmiy-uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
erlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida ishlangan er tuzish loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining Qashqadaryo viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi, G‘uzor, Koson va Nishon tumanlari qishloq xo‘jalik bo‘limlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 maydagi
05/30-04/3036-son ma’lumotnomasi). Natijada, holati yomonlashib qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan bo‘z erlarni holati yaxshilanishi evaziga erdan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
Holati yomonlashib qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib ketgan bo‘z erlarni qishloq xo‘jalik oborotiga kaytarishni loyihalash usullari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi tarkibidagi «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti «Qashvilerloyiha» bo‘limida va
Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 maydagi 05/30-04/3036-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan ekin erlarida er tuzish loyihalarini ishlab chiqish samaradorligini oshirish imkonini bergan.