Sayidova Gulrux Yoqubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy badiiy asarlaridagi o‘xshatishlarning struktural-kompozision, lingvopoetik va lingvokul`turologik tadqiqi”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2046.
Ilmiy rahbar: Choriev Tavakkal, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxromovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hamraeva Hulkar Hamidullaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy she’riyatidagi o‘xshatishlarning struktural-kompozision tuzilishi, lingvopoetik va lingvokul`turologik xususiyatlarini aniqlash, badiiy-estetik vazifasini asoslash, shoirning ulardan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘xshatishlar o‘zbek xalqining ijtimoiy hayoti, madaniyati, qadriyatlari, og‘zaki va yozma adabiyotida muhim ahamiyatga egaligi, mumtoz adabiyotda asosiy tasviriy vositalardan biri bo‘lganligi, obrazlilikni shakllantiruvchi asos ekanligi, ma’naviy san’atlar tizimida eng muhim badiiy san’at sifatida alohida o‘rin tutishi hamda mazkur badiiy san’at Alisher Navoiyning buyuk xizmatlari sabab yuksak darajada taraqqiy etganligi uning poetik asarlaridagi tashbihlar asosida dalillangan;
Alisher Navoiy she’riy asarlaridagi o‘xshatishlarning struktural-kompozision jihatlariga ko‘ra shoir nazmiy asarlarida o‘xshatishlar uzvlarining ishtirokiga ko‘ra ikki turli, ya’ni to‘liq o‘xshatishlar hamda to‘liqsiz o‘xshatishlar qo‘llanilganligi, vositasiz (o‘xshagan va o‘xshatilgan uzvlari mavjud) o‘xshatishlar, ya’ni A (o‘xshagan) hamda B (o‘xshatilgan) qurilmali o‘xshatishlar boshqa strukturali o‘xshatishlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etishi aniqlangan;
Alisher Navoiy poetik asarlarida o‘xshatishlar tizim sifatida shakllanganligi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, diniy, adabiy sohalar bilan aloqador ot turkumiga oid so‘zlardan tashkil topganligi, inson tana a’zolari va uning jismoniy xususiyati, holati, hatti-harakati kabilar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlar nisbatan ko‘pchilikdan iboratligi, shoir o‘z davri uchun yangi o‘xshatishlar yaratib, tashbih badiiy san’atini yuksak darajada rivojlantirganligi, bu bilan u jahon xalqlarining badiiy-estetik tafakkurini taraqqiy ettirganligi ochib berilgan;
o‘xshatishlarning tilda yuzaga kelish sababiyati, shakllanish mexanizmi, tarkibiy tuzilishi, uzvlari doirasidagi o‘zaro munosabati, troplar tizimida ko‘chim hosil etish mavqei, badiiy matndagi o‘rni, vazifasi va ahamiyati aniqlanib, semantik mohiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy badiiy asarlaridagi o‘xshatishlarning struktural, lingvopoetik va lingvokul`turologik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy asarlar tilining leksik-semantik, lingvopoetik va lingvokul`turologik tahlillari, o‘xshatishlar o‘zbek xalqining ijtimoiy hayoti, madaniyati, qadriyatlari, og‘zaki va yozma adabiyotida muhim ahamiyatga egaligi, mumtoz adabiyotda asosiy tasviriy vositalardan biri bo‘lganligi, obrazlilikni shakllantiruvchi asos ekanligi, ma’naviy san’atlar tizimida eng muhim badiiy san’at sifatida alohida o‘rin tutishi hamda mazkur badiiy san’at Alisher Navoiyning buyuk xizmatlari sabab yuksak darajada taraqqiy etganligi uning poetik asarlaridagi tashbihlar asosida dalillanganligi asosidagi xulosalardan «O‘zbek adabiy tili tarixi» nomli o‘quv qo‘llanmaning «Alisher Navoiy asarlari tilida leksik va grammatik me’yorlar», «Muhokamatul-lug‘atayn» asarining o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida tutgan o‘rni» kabi mavzularini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 02\02\01-2215-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmaning mazmuni va sifatini mukammallashtirishga hamda yangi mavzular bilan uning ko‘lamini boyishiga erishilgan;
Alisher Navoiy poetik asarlari tilidagi o‘xshatishlarning tarkibiy tuzilishini aniqlash, tashbih badiiy san’atini voqelantirishdagi o‘rni, vazifasi va ahmiyatini ko‘rsatish, shoirning badiiy matnda ulardan foydalanish darajasini belgilash hamda individual mahoratni ochib berishga doir xulosa va faktik materiallardan «O‘zbek adabiy tili tarixi» nomli darslikning “Eski o‘zbek adabiy tili manbalari va ularning til xususiyatlar”, “Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilini mumtozlik darajasiga ko‘targan siymo” kabi mavzularini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 02\02\01-2214-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiyning o‘zbek madaniyati, adabiy tili va badiiy san’atlari taraqqiyotida tutgan o‘rnini belgilashga oid ilmiy fikrlarni takomillashtirishga hamda talaba-yoshlarning bu boradagi nazariy bilimlarini mukammallashishiga xizmat qilgan;
o‘xshatishlar muayyan jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyati haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradi va butun xalq hamda uning alohida shaxslari dunyoqarashi haqida boy tasavvur beradi. Badiiy matnni antropotsentrik aspektda tadqiq etishda badiiy asarning mazmun-mohiyati, estetik xususiyatlari unda ifodalangan g‘oyalar, muayyan xalq yoki lisoniy shaxsning mentaliteti bilan birga ochib beriladi. Shoirning o‘xshatishlarni tanlashi individual bo‘lib, ularni tanlashda muallifning ijtimoiy kelib chiqishi, yashagan davri, madaniyatni egallaganlik, ta’lim-tarbiya va bilim darajasi, adabiy muhit kabilar muhim o‘rin tutganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat”, «Munosabat», “Til ziynati”, «Tilga e’tibor – elga e’tibor», «Dolzarb mavzu» kabi ko‘rsatuv hamda radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 24 iyundagi 1/197-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlashga, mazmuni mukammallashuviga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, muxlislarning Alisher Navoiyning badiiy mahorati, tashbih badiiy san’ati, uning A.Navoiy ijodida o‘rni haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini bergan.