Musaev Jaxongir Payazovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «5–9-sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ped7.
Ilmiy maslahatchi: Safarova Roxat G‘aybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti,  DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5–9-sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik strategiyalarini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash kompetensiyasi ularni mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi g‘oyani bilish, baholash, refleksiya, interiorizatsiya va qaror qabul qilish sifatlari uyg‘unligining o‘zaro muvofiqligini hamda ijodkorlikni rivojlantirishga oid kasbiy kompetensiyalar tizimiga produktivlik darajasi barqarorligining integrativ bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
5–9-sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot tahlil qila olish, xulosa chiqarish, tezkor diagnostik hamda o‘z-o‘zini nazorat qilishga doir individual topshiriqlarning modifikatsiyalashgan variantlarini prognostik loyihalashga yo‘naltiruvchi illyustrativ va grafik matnlar asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi didaktik parametrlar fikriy va ijodiy faollashtirishni pedagogik diagnostika qilish mazmunini rivojlantirishga strategik ko‘maklashish, fikr yuritish bosqichlarining uzviyligi va sifat jihatdan rivojlanib borishini ta’minlash hamda mustaqil fikrlash bosqichlarini adekvat mutanosibligi dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirgan;
o‘quvchilar mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish pedagogik strategiyalari mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil qaror qabul qilish hamda ta’limiy jarayonning pedagogik mexanizmlarini individual bilish faoliyatining faol o‘quv muloqotini ta’minlovchi yaxlit tizimiga uyg‘un tarzda moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash kompetensiyasining rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini belgilovchi asosiy o‘z-o‘zini ijodiy rivojlantirishga oid ma’lumotlarni qabul qilish va tushunish darajasi, voqelikni ko‘ra bilishi va ijodiy jarayonni rivojlantirishga qaratilgan ishchan muhitni yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5–9-sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash kompetensiyasi ularni mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi g‘oyani bilish, baholash, refleksiya, interiorizatsiya va qaror qabul qilish sifatlari uyg‘unligining tarkibiy komponentlarining o‘zaro muvofiqligi hamda ijodkorlikni rivojlantirishga oid kasbiy kompetensiyalar tizimiga produktivlik darajasi barqarorligining integrativ bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil  24 iyundagi 06-06/3-1782-son dalolatnomasi). Natijada “O‘quvchi-yoshlarni “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilish samaradorligini oshirishga erishilgan;
5–9-sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan didaktik ta’minot tahlil qila olish, xulosa chiqarish, tezkor diagnostik hamda o‘z-o‘zini nazorat qilishga doir indvidual topshiriqlarning modifikatsiyalashgan variantlarini prognistik loyihalashga yo‘naltiruvchi matnlar asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar F1-XT-1-31247-raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 06-06/3-1782-son  dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarda do‘stona munosabatlar asosida hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi didaktik parametrlar fikriy va ijodiy faollashtirishni pedagogik diagnostika qilish mazmunini rivojlantirishga ko‘maklashish, fikr yuritish bosqichlarining uzviyligi va sifat jihatdan rivojlanib borishini ta’minlash hamda mustaqil fikrlash bosqichlarini adekvat mutanosibligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar F1-XT-1-31247-raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 06-06/3-1782-son dalolatnomasi). Natijada  o‘quvchilarining mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish imkoni oshirilgan;
o‘quvchilar mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish pedagogik strategiyalari mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil qaror qabul qilish hamda ta’limiy jarayonning pedagogik mexanizmlarini individual bilish faoliyatining faol o‘quv muloqotini ta’minlovchi yaxlit tizimiga uyg‘un tarzda moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar  F1-XT-1-31247-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning didaktik parametrlari” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 06-06/3-1782-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarining mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik strategiyalarini ishlab chiqish samaradorligi ortgan;
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash kompetensiyasining rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini belgilovchi asosiy o‘z-o‘zini ijodiy rivojlantirishga oid ma’lumotlarni qabul qilish va tushunish darajasi, voqelikni ko‘ra bilishi va ijodiy jarayonni rivojlantirishga qaratilgan ishchan muhitni yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 06-06/3-1782-son xati). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish