Eshniyozov Abdumalik Iskandar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kvadratik stoxastik operatorlarning tuzilishi va ularning populyasion genetika modellarini o‘rganishdagi tadbiqlari», 01.01.01 – Matematik analiz.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/FM213.
Ilmiy rahbar: G‘anixo‘jaev Rasul Nabievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSs.03/30.12.2019.FM.02.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Joniqul Ibragimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshmamatova Dilfuza Baxramovna, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi populyasion genetikada Vol`terra modellarini va kvadratik stoxastik operatorlar nazariyasi bilan bog‘liq Vol`terra populyasiyalari traektoriyalarining asimptotik harakatlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turnir nazariyasi, graflar nazariyasi yordamida chekli o‘lchamli simpleksning ichki nuqtalari traektoriyalarining dinamikasi ko‘rsatilgan;
chekli o‘lchamdagi hollar uchun simpleksda aniqlangan Vol`terra populyasiyalarining muvozanat holatlari kartalarini to‘liq tavsifi ko‘rsatilgan;
chekli o‘lchamdagi hollar uchun simpleksda aniqlangan qo‘zg‘almas nuqtalar kartasi yordamida Vol`terra populyasiyalarining muvozanat holatlarining dinamikasi aniqlangan;
chekli o‘lchovli simpleksda aniqlangan kvadratik stoxastik operatorlarning bistoxastik bo‘lishi sharti asosida uning ektremal nuqtalari soni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kvadratik stoxastik operatorlarning tuzilishi va ularni populyasion genetika modellarini o‘rganishdagi tadbiqlariga oid olingan natijalar asosida:
kvadratik stoxastik operatorlarning tuzilishi va ularni populyasion genetika modellarini o‘rganishdagi tadbiqlaridan Guliston davlat universiteti “Biologiya”  kafedrasida  2012-2016 yillarda bajarilgan     F-5-17- raqamli  “O‘zbekiston va unga tutash hududlarda tarqalgan quruqlik mollyuskalardagi o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari va tur hosil bo‘lish jarayoni” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2022 yil 10 yanvardagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston va tutash hududlarda tarqalgan quruqlik mollyuskalardagi o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari va tur hosil bo‘lish jarayonini Vol`terra tipidagi kvadratik stoxastik operatorlar yordamida hosil qilingan populyasiya modellari uchun muvozanat holatlari, muvozanat holatining turg‘unligi va evolyusion dinamikasini qo‘llagan holda, nazariy asoslab berish imkonini bergan;
kvadratik stoxastik operatorlarning tuzilishi va ularni populyasion genetika modellarini o‘rganishdagi tadbiqlaridan F-4-32-«Singulyar koeffisientli Gellerstedt tenglamasi uchun Trikomi masalasi, aralash masala va Bisadze-Samarskiy masalalarining shartlarini o‘zida birlashtirgan masalalarning korrektligini o‘rganish»  (2012-2016) ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2022 yil 21 iyundagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi nochiziqli ikki o‘lchovli ikki parametrga bog‘liq  ayirmali tenglamalar sistemasi uchun turg‘un va davri ikkiga teng bo‘lgan echimlari to‘la tavsifidan grant doirasida Gellerstedt tenglamasi uchun Trikomi masalasining ayirmali ko‘rinishlarini  tasniflashda va sonli echishda foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Gellerstedt tenglamasi uchun Trikomi masalasi sonli natijalarni vizuallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish