Davlatov Abror Borijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “A3B5 yarimo‘tkazgich birikmali nanoiplarda elektron gazining energetik spektri va statistikasi”, 01.04.10–«Yarimo‘tkazgichlar fizikasi».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FM478.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Gafur, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Fizika-texnika instituti, DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qo‘chqarov Qudratulla Mamarasulovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘g‘ri to‘rtburchakli va silindrik potensial o‘rali nanoiplarda elektronlar energiyasini dispersiyasi noparabolik bo‘lgan holatlar uchun o‘rganish hamda nanoiplarda elektronlar gazi termodinamik holatlar zichligi, konsentratsiyasi, kimyoviy potensiali va entropiyasini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
InP/InAs/InP-geterotuzilmali nanoiplarda zona tuzilishidagi noparabolikligini va potensial o‘ra chuqurligi chekli ekanligini, InP/InAs-geteroo‘tishda effektiv massa o‘zgarishini hisobga olgan holda minizonalar spektrini hisoblaydigan tenglamalar topilgan;
ilk bor to‘g‘ri to‘rtburchakli va silindrik potensial o‘rali nanoiplarda energiya spektrlari va to‘lqin funksiyasi Shredinger tenglamasini echish orqali aniqlangan;
nanoiplarda elektronlar va kovaklar effektiv massalarining ko‘ndalang o‘lchamlari ortib borganda kamayishi energiya spektrlari yordamida aniqlangan;
silindrik nanoqatlamdagi parabolik va noparabolik dispersiyali holatlar energetik spektrlari Shredinger tenglamasini echish orkali aniqlangan;
ilk bor to‘la zarralar soni tenglamasidan foydalanib nanoiplardagi elektronlar konsentratsiyasi, termodinamik holatlar zichligi, entropiyasini ifodalovchi tenglamalar topilgan va ularning temperaturaga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A3B5 yarimo‘tkazgich birikmali nanoiplarda elektron gazining energetik spektri va statistikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nanoiplarda elektronlar energiya sathlari, konsentratsiyasi va termodinamik holatlar zichligining xarorat ta’sirida o‘zgarishi uchun olingan natijalardan «Foton» Aksiyadorlik jamiyati («Foton» AJ) da yarimo‘tkazgichli tranzistorlar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda. («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2021 yil 22 dekabrgi 04-3/2717-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada olingan natijalarni texnologik jarayonga qo‘llash maydon tranzistorlarining kirish va chiqish xarakteristikalarini nazorat qilish imkonini bergan;
Namangan muhandislik-texnologiya institutida OT-F-74-«Yarimo‘tkazgichli qorishmalar va kuchli ligerlangan yarimo‘tkazgichlar energetik spektrlarini tadqiq qilish» fundamental loyihasinig ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda, dissertatsiyada ishlab chiqilgan nanoiplarda elektronlar konsentratsiyasi va termodinamik holatlar zichligi uchun olingan ifodalardan samarali foydalanilgan (Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 7 fevraldagi 310-024-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyihada dissertatsiyada olingan natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgichli qorishmalar va kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichlar energetik spektrlarini va ulardagi energiya holatlar zichligiga haroratning ta’sirini tushuntirish imkonini bergan.