Soyibov Ibroxim Eshmuxamadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qari va keksa yoshdagi bemorlarda shikastlangan miya qutisi ichiga qon quyilishini tashxislash va davolash», 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib127.
Ilmiy rahbar: Norov Abduraxmon Ubaydulloevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Asadullaev Ulugbek Maksudovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Mirzaev Alisher Umurzakovich, tibbiyot fanlar doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘ziga xos klinik kechishi va tashxislashni o‘rganish, adekvat konservativ va xirurgik davolash taktikasini ishlab chiqish orqali, qari va keksa yoshdagi bemorlarda shikastlangan miya ichi qon quyilishlarini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qari va keksa yoshdagi bemorlarda shikastlangan miya ichiga qon quyilishida hush buzilishi, meningeal va dislokatsion belgilarning namoyon bo‘lishi qon quyilishi hajmining yuqoriligi bilan bog‘liq emasligi isbotlangan;
qari va keksa yoshdagi bemorlarda shikastlangan miya qutisiga qon quyilishini konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini belgilash uchun intrakranial qon quyilishi xajmi bilan bir qatorda bosh chanog‘i zaxira bo‘shlig‘i hajmini hisoblash muhimligi isbotlangan;
qari va keksa yoshdagi bemorlarda shikastlangan miya ichiga qon quyilishining dastlabki davrida umumiy xolat Glazgo koma shkalasi bo‘yicha 12-15 ballni tashkil etsada, konservativ yoki operativ davolashdan keyin Glazgo natijalar shkalasi bo‘yicha 3 balldan past bo‘lishi mumkinligi aniqlangan, buning sababi  somatik va ikkilamchi ishemik asoratlar rivojlanishi yuqoriligi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan.
ilk bor qari va keksa yoshdagi bemorlarda bosh chanog‘i, bosh miya, qorinchalari   xajmi va subaraxnoidal bo‘shliqlar bo‘yicha ishlab chiqilgan kraniometrik ko‘rsatkichlar asosida bosh chanog‘i zaxira bo‘shlig‘ini hisoblash intellektual texnologiyasi qo‘llanilgan va zaxira bo‘shlig‘i 60 sm3dan ko‘p bo‘lganda konservativ davolash, 35-60 sm3 bo‘lganda dinamik kuzatuv, 35 sm3dan kam bo‘lganda jarroxlik davolash taktikasi samarali ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qari va keksa yoshdagi bemorlarda ShMQQni davolashga differensial yondashuv bo‘yicha bajarilgan ilmiy ishning natijalari asosida:
qari va keksa yoshdagi bemorlarda ShMQQni davolash tadqiqotlari asosida «Qari va keksa yoshdagi bemorlarda travmatik bosh miya qon ketishlarida bosh chanog‘i rezerv bo‘shlig‘ini hisoblash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-r/326-son ma’lumotnomasi). Tavsiyanomalarga amal qilish natijasida qari va keksa yoshdagi bemorlarda jaroxatni tashxislash sifatini va davolash taktikasini yaxshilash, davolash taktikasini erta belgilash va ushbu toifadagi bemorlardagi davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
qari va keksa yoshdagi bemorlarda ShMQQni tashxislash va optimal davolash maqsadida «Qari va keksa yoshdagi bemorlarda surunkali subdural gematomalarni tashxislash va davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-r/325-son ma’lumotnomasi). Davolash usuli qari va keksa yoshdagi bemorlarda surunkali subdural gematomalari (SSG) operatsiyadan keyin bosh miyani erta tiklash imkoniyatini berib, asoratlarni oldini olish va bemorlarni erta faollashtirishga olib kelgan;
TBQ bo‘lgan qari va keksa yoshdagi bemorlarda tashxislash va davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlan amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi neyroxirurgiya bo‘limiga va Respublika shoshilinch yordam ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 aprelidagi 08-09697-son xulosasi). Taklif etilgan diagnostika va davolash usullarini tadbiq etish natijasi 85,0%gacha yaxshilanishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish