Axmedova Sarvinoz Xikmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek fol`klorida epik ko‘makchi talqini spesifikasi», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1132.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxammedovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Hilola O‘ktamovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek fol`klorida epik ko‘makchi qahramon tasviri hamda talqini spesifikasi, evolyusiyasi badiiy ko‘rinishlari, genezisi, estetik vazifalaridagi o‘xshashliklarni, milliy belgilarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek fol`klorshunosligida “epik ko‘makchi” va “ko‘makchi qahramon” tushunchalarining poetik mohiyati, ikkala xalq fol`klorida epik ko‘makchi qahramonlari, bosh qahramon bilan munosabati, badiiy vazifalarini ochib berish orqali ingliz va o‘zbek fol`kloridagi mifologik, zoomorfik (hayvon), ornitomorfik (qush), antropogonik (inson) qiyofadagi epik ko‘makchilar obrazi ifodalanishining mushtaraklik kasb etishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek xalqi fol`kloridagi afsona, ertak, doston janrlarining syujet tarkibida uchraydigan epik ko‘makchi, ko‘makchi qahramonlar obrazining tabiati, badiiy-estetik vazifalarini ochib berish orqali dunyo xalqlari epik tafakkuri tadrijining o‘zaro bog‘liqlikda rivojlangani asoslangan;
xalq ertaklariga xos epik ko‘makchi obrazi va u bilan bog‘liq motivlar an’anaviylik kasb etishi, birining ikkinchisiga ko‘chishi natijasida o‘xshash, sayyor syujetli ertaklar paydo bo‘lgani, ularning o‘z milliy o‘zanlariga mos tarzda xalq ruhiyati, urf-odatlari, lingvogeografik, lingvomadaniy, lingvopoetik xususiyatlarini o‘zida namoyon etishi aniqlangan;
ingliz hamda o‘zbek afsona, ertak va eposlarida epik ko‘makchi qahramonlar fol`klor asari voqeligida muayyan mavqeni egallashi,  jumladan, bosh qahramon xarakterini ochish, qahramon harakatlanayotgan ijtimoiy muhitni yoritishga xizmat qilishi kabi badiiy xususiyatlar ko‘makchi qahramonlarning bosh qahramonga nisbatan yordamchi vazifada kelishi, epik bosh qahramonga har qanday sharoitda, har tomonlama yordam, berishi, ularning g‘ayritabiiy kuch-qudratga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek fol`klorida epik ko‘makchi talqini spesifikasini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
“epik ko‘makchi” obrazi kelib chiqishining tarixiy-fol`kloriy, badiiy-estetik asoslari, epik tadriji, uning ingliz va o‘zbek fol`kloridagi tizimiga oid ilmiy natijalaridan Navoiy davlat pedagogika institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-XT-0-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Navoiy davlat pedagogika institutining 2021 yil 28 iyundagi 8887-1823/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotini rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan innovatsion metodika nazariy asosining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
epik ko‘makchi qahramonlar obrazining ingliz va o‘zbek afsona, ertak va eposlaridagi spesifik xususiyatlari, o‘xshash va farqli jihatlari, ularda milliylikning ifodasi, xalq asarlarida homiy ko‘makchi qahramonlarning tiplari: antropogonik, mifologik va zoomorfik homiy ko‘makchilar sifatida mavjudligi va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga doir xulosalaridan Buxoro davlat universitetida 2018-2019 yillarda bajarilgan AQShning SUZ800-18-IN0049 raqamli “Kitobxonlar klubi” (“Readers Club at the Department of the English Literature”) mavzusidagi fundamental grant loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 29 iyundagi 05-01-0318-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu materiallar “Kitobxonlar klubi” a’zolari o‘rtasida  keng targ‘ib etilib, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, vatanga sadoqat va istiqlol g‘oyalariga mehr-muhabbat tuyg‘ularini singdirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek fol`klorida epik ko‘makchi qahramonlar obrazining tarixiy-fol`kloriy, badiiy-estetik asoslaridagi yaqinliklar, epik ko‘makchi qahramonlar obrazining ingliz va o‘zbek afsona, ertak, eposlaridagi spesifik xususiyatlari, o‘xshash va farqli qirralari, ularda milliylikning ifodasi xususidagi xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” ko‘rsatuvlarining 2021 yil mart va aprel` sonidagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 09 iyundagi 1/162-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ularning ingliz va o‘zbek fol`klorining xos xususiyatlari bo‘yicha ilmiy tasavvur-tushunchalarini boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish