Saitxanova Dinara Ruslanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli ekish usullari va bargdan oziqlantirishning sholini o‘sishi, rivojlanishi hamda don hosildorligiga ta’siri”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx.423.
Ilmiy rahbar: Sattarov Mas’udjon Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy–tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tillabekov Botir Xasanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sholining kechpishar “Lazurniy” va o‘rtapishar “Iskandar” navlaridan yuqori sifatli don hosili olishda turli ekish usullari sharoitida yangi mikroelementli kompleks o‘g‘itlarni bargdan samarali oziqlantirish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi–botqoq tuproqlari sharoitida sholining o‘rtapishar “Iskandar” va kechpishar “Lazurniy” navlarida yuqori va sifatli hosil etishtirishda Kristalon va Logopuser mikroelementli kompleks o‘g‘itlarni bargdan suspenziya shaklida qo‘llashning samaradorligi aniqlangan;
mikroelementli kompleks o‘g‘itlar bilan bargdan suspenziya shaklida oziqlantirishning sholini erta pishib etilishiga (4–5 kun), maxsuldor tuplanishiga (0,9–4,1%), quruq massa to‘plashiga (0,9–3,5 gr), barg sathining ortishiga, 1000 dona don vazniga (1,0-1,7%), ro‘vakdagi donlar soniga
(10,4-14,1%), umumiy va butun guruch chiqishiga (3,17-4,5%) ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
sholini ekish usullari hamda o‘g‘itlash me’yorlaridan qat’iy nazar “Lazurniy” va “Iskandar”navlarini etishtirishda Kristalon preparatini
(2 kg/ga) tuplanish, naychalash, ro‘vaklash va Logopuser preparatini (0,5 l/ga) tuplanish va ro‘vaklash davrida suspenziya shaklida qo‘llash samarali ekanligi aniqlangan;
sholi ko‘chatlarini qo‘lda va ekish mexanizmida hamda sholi urug‘lari sochma usulda ekish bilan birga mikroelementli kompleks o‘g‘itlarni bargdan suspenziya ko‘rinishida qo‘llashda iqtisodiy samaradorlik hisoblangan hamda sholini ko‘chat usulida etishtirishning ayrim elementlari (sholi urug‘larini ekishga tayyorlash, tuproq aralashmasini tayyorlash, kassetalarga tuproq solish, urug‘larni ekish, dalani ekishga tayyorlash, ko‘chatlarni ekish va parvarishlash) bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli ekish usullari va bargdan oziqlantirishning sholini o‘sishi, rivojlanishi hamda don hosildorligiga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
sholini qo‘lda va ekish mexanizmlari bilan ko‘chat usulida ekish va bargdan oziqlantirishni qo‘llash yuzasidan «Sholini ko‘chat usulida etishtirish bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 iyundagi 02/23–04/3563–son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma viloyatlarda sholichilikka ixtisoslashgan agroklaster va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sholini ko‘chat usulida ekish va bargdan oziqlantirish texnologiyasi Xorazm viloyati Gurlan tumanida 20 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 iyundagi 02/23–04/3563–son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur texnologiyani joriy qilish evaziga
73,1 s/ga hosil olinib, nazoratga nisbatan 6,3 s/ga yuqori hosildorlikka erishilgan va gektaridan 8542 ming so‘m sof foyda olinib, 49% rentabellikka erishilgan;
Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida turli ekish usullari va bargdan oziqlantirish agrotexnikasi bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanida 31 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 iyundagi 02/23–04/3563–son ma’lumotnomasi). Natijada sholining Iskandar navi mexanizmlar yordamida ekilib, N90R90K112,5 kg/ga me’yordagi mineral o‘g‘itlar qo‘llanilgan hamda tuplanish va ro‘vaklash davrlarida Logopuser 0,5 l/ga me’yorda kompleks mikroo‘g‘iti bilan barg orqali ishlov berilganda 70,8 s/ga hosil olingan, sof foyda 8223,6 ming so‘m/gani, rentabellik darajasi 48,7 foizni tashkil qilgan. Sholining Lazurniy navi ko‘chatlari mexanizmlar yordamida ekilib, N135R112,5K112,5 kg/ga me’yordagi mineral o‘g‘itlar qo‘llanilgan hamda o‘suv davrida tuplanish va ro‘vaklash davrlarida Logopuser 0,5 l/ga me’yorda kompleks mikroo‘g‘it bilan barg orqali ishlov berilib, 71,7 s/ga hosil olingan, sof foyda 8758 ming so‘m/gani, rentabellik darajasi 47,6 foizni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish