Meliev Sodir Karimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sharoitida yumshoq bug‘doy kolleksiya namunalarini fiziologik va miqdoriy belgilariga genotip-muhitning ta’siri», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/V210.
Ilmiy rahbar: Baboev Saidmurat Kimsanboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Davranov Qodirjon Sotvoldievich, biologiya fanlari doktori professor, professor; Matniyazova Hilola Hudoybergenovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yumshoq bug‘doyning jahon kolleksiyasi namunalarini O‘zbekiston sharoitida turli biotik va abiotik omillar ta’siriga moslashuvchanligining fiziologik va morfologik xususiyatlarini baholash asosida yangi navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yumshoq bug‘doyning xorijiy kolleksiya namunalarini tuproq – iqlim sharoitlarida moslashuvchanlikning fiziologik xususiyatlariga ta’siri natijasida bug‘doyning don to‘lishish davrida barglardagi xlorofill va karotinoid miqdori, suv ushlash xususiyati, bargning umumiy suv miqdori, fotosintez kunlik sof mahsuldorligi va transpiratsiya jadalligi ko‘rsatkichlarini past va yuqori qiymatlar diapazoni miqdoriy belgilarga ta’siri aniqlangan;
kolleksiya namunalaridan zang kasalligiga chidamli, o‘suv davri andoza nav (Krasnodarskaya-99) ga nisbatan 10-12 kun qisqa, yotib qolishga chidamli va hosildorlikni ta’minlovchi qimmatli xo‘jalik belgilari yuqori bo‘lgan namunalar tanlab olingan;
tanlab olingan namunalarda yuqori harorat ta’sirida suv balansi ko‘rsatkichlarining optimal ushlab turishi hamda o‘simlik turgorlik xolatini yuqori darajada saqlab qolishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish diapazoni aniqlangan;
kolleksiya namunalaridan ekstremal tashqi muhit omillari va stress sharoitlarda plastiklik hamda hosildorlikning konstantivligi barqaror bo‘lgan namunalar asosida yumshoq bug‘doyning hosildorlik seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba va yangi “E’zoz” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yumshoq bug‘doyning jahon kolleksiyasi namunalarini O‘zbekiston sharoitida turli biotik va abiotik omillar ta’siriga moslashuvchanligining fiziologik va morfologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yumshoq bug‘doyning jaxon kolleksiyasidan ajratib olingan  namunalar asosida maxalliy sharoitga tez moslasha oladigan, vegetatsiya davri 10-15 kunga qisqa, E’zoz” bug‘doy navi yaratilgan va bu nav 2020 yildan istiqbolli nav sifatida Davlat reestriga kiritilgan (Reestr №20/21) (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining  2021 yil 29 noyabrdagi 02/021-4848-son ma’lumotnomasi). Natijada, andoza sifatida olingan Krasnodar 99 naviga nisbatan 10-12 s/ga yuqori hosil beradigan, ertapishar tizmalar yaratish imkonini bergan;
E’zoz bug‘doy navining urug‘lik materiallari FA-A-QH 2018-427 “MAS texnologiyasining “genlarni piramidalash” usulidan foydalanib bug‘doyda asosiy biotik va abiotik stress faktorlarga chidamlilik genlarni bir genotipga jamlash va shu asosida yangi liniyalar yaratish” (2018-2020) mavzusidagi amaliy loyihasida qurg‘oqchilikka chidamli nav sifatida duragaylashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 9 dekabrdagi 4/1255-3434-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli stress sharoitlarga chidamli duragay avlodlar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish