Ibragimova Zaravshan Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’yoriy va suv tanqisligi sharoitlarida g‘o‘zaning turli rivojlanish davrlariga elektromagnit maydonining ta’siri», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B327.
Ilmiy rahbar: Davronov Qodirjon Sotvoldievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanbaev Ilxam Djumanazarovich, biologiya fanlari doktori;  Axmedjanov Iskandar Gulamovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv tanqisligi sharoitida g‘o‘zaning fiziologik ko‘rsatkichlariga elektromagnit maydonining ta’sirini aniqlashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor  ko‘p ignali elektrod yordamida o‘zgaruvchan tokda barglaridagi elektr qarshiligini o‘lchash asosida g‘o‘za suv potensialini aniqlashning tez va samarali usuli ishlab chiqilgan;
ekish oldidan chigitlarga 4 Gs chastotadagi EMM bilan ishlov berish o‘simliklarni dastlabki va keyingi rivojlanish bosqichlarida suv tanqisligiga chidamligi va suvni ushlab turish qobiliyatining ortishi hamda transpiratsiyasining pasayishini ta’minlashi aniqlangan;
g‘o‘za barglarida ko‘p ignali elektrod bilan barglarni elektr o‘tkazuvchanlik o‘lchash orqali suv potensialini aniqlashning yangi usuli ishlab chiqilgan;
g‘o‘zaning gullash bosqichida 4 Gs chastotadagi EMM bilan ishlov berish rivojlanishini tezlashtirishi, hosil ementlarining va hosildorligining ortishini ta’minlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Me’yoriy va suv tanqisligi sharoitlarida g‘o‘zaning turli rivojlanish davrlariga elektromagnit maydonining ta’sirini tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zada chigitni ekishdan oldin EMI bilan ishlov berish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxia-tosh tumanida “Sherjanov Murat” fermer xo‘jaligida va Chimboy tumanida “Nurilla-Bazarxan” fermer xo‘jaligi dalalarida 3 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 maydagi 02/020-2270-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za chigitini elektromagnit impulsi orqali ishlov berish hosil elementlarining ortishi va hosildorlikni oshirish imkonini bergan;
Chimboy-5018 navlari chigitlariga EMI bilan ishlov berish Qoraqalpokiston Respublikasi Taxio-tosh tumanida “Sherjanov Murat” fermer xo‘jaligida va Chimboy tumanida A.J.Tajetdinov fermer xo‘jaliklarida (2018-2019 yy.) jami uch gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ko‘mitasining 2021 yil 12 mart 01/18-2-550-son ma’lumotnomasi). Natijada, EMI bilan ishlov berilgan  maydonda nazoratga nisbatan 3-4 sentner qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish