Abdixalilov Fitrat Abdixalil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaharsozlikda turar-joy maskanlarini avtotransport shovqinidan himoyalashning innovatsion echimlari”, 18.00.02-“Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (texnika fanlari)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2582.
Ilmiy rahbar: Xotamov Asadulla Toshtemirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSs.03/30.12.2021.A.11.02
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Uroqov Asliddin Xushvaqtovich, hamda arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Hasanov Azamat Ozadovich.
Yetakchi tashkilot: “TOShKENTBOShPLANLITI” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shahar aholisini avtotransport shovqinidan himoya qilish bilan birga aholiga muqobil energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Toshkent shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i (KYT) zichligi  KYT uzunligining shahar umumiy maydoniga nisbati orqali aniqlangan;
Toshkent shahri xalqa yo‘llarida avtotransport harakat jadalligi, tezligi, tarkibi hamda og‘irligini transport shovqiniga kompleks ta’siri real ko‘cha sharoitida eksperimental tadqiqot natijasida aniqlangan;
Toshkent xalqa yo‘llari bo‘ylab shovqin qaytaruvchi maxsus ekranlarni rejalashtirishning shaharsozlik nuqtai nazaridan optimal joylashuvi ishlab chiqilgan;
Toshkent shahridagi Xalqa yo‘li va Kichik xalqa yo‘li  bo‘yicha avtotransport harakati jadalligining dastlabki kartogrammasi eksperimental tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan;
integratsiyalashgan konstruksiya yordamida shovqin darajasining 40% ga kamaytirishga erishish eksperimental asoslangan;
avtotransport harakati jadalligi, tezligi, tarkibi va og‘irligi qiymatlaridan foydalanib shovqin darajasini qiymatini topish dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shahar muhitining sanitar-gigenik holatini yaxshilash maqsadida shovqini darajasini pasaytirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Toshkent shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i zichligi aniqlangan, tadqiqotlar natijasida birinchi marta Toshkent shahridagi Xalqa yo‘li va Kichik xalqa yo‘li  bo‘yicha avtotransport harakati jadalligining kartogrammasi ishlab chiqilgan.  Toshkent shahar ko‘cha-yo‘llarida harakatni tashkil etish va Toshkent xalqa yo‘llari bo‘ylab shovqin qaytaruvchi maxsus ekranlarni rejalashtirish bo‘yicha tavsiyalar shahar magistral ko‘chalarini ekspluatatsiya qiluvchi korxona va tashkilotlar uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respbulikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi “Yo‘l loyiha ekspertizasi” UK ning 2022 yil 21-apreldagi № 430/12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada harakatni to‘g‘ri tashkil etish hamda ko‘cha-yo‘llar bo‘ylab shovqin qaytaruvchi maxsus ekranlarni rejalashtirish orqali shovqin darajasini 40% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish