Razzakov Ruslan Ishqulovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv xo‘jaligi korxonalari mo‘rikonlaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgan chiqindi gazlarni tozalash uskunasini parametrlarini asoslash”, 11.00.05-Atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari buyicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2999
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Ilmiy rahbar: Salohiddinov Abdulhakim Temirxo‘jaevich, texnika fanlari doktori, professor
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02 ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligining ixtiroga olingan patent nomi: “Suv xo‘jaligi qurilishi korxonaci mo‘rikonidan chiqayotgan chiqindi gaz va chang aralashmalarini tutib qoluvchi uskuna” (№ IAP 06715, 2022 y.) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligining 2022 yil 01 apreldagi 01-11/661-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi suv xo‘jaligi qurilishi korxonalari mo‘rikonidan chiqayotgan chang va chiqindi gaz aralashmalarni tutib qoluvchi uskunaning parametrlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
suv xo‘jaligi qurilishi korxonalari mo‘rikonidan atmosferaga chiqarilayotgan chiqindi gaz va chang aralashmalarini moyli havo-tomchi aralashmasi va egilgan ignalar yordamida qayta ko‘p martali tozalash hisobiga yuqori darajada ushlab qolish imkon yaratuvchi uskuna yaratilgan;
atmosfera havosiga chiqarilayotgan chang va chiqindi gaz aralashmalarini tozalash uskunasini parametrlari, jumladan chang-gaz aralashmasining samarali tozalanishini ta’minlovchi tezligi, hajmi va absorbent tarkibi hamda jarayonda shakllanuvchi xavo sharlarini bir tekis so‘ndiruvchi ignalarni joylashtirish qiyaligi eksperimental tadqiqotlar asosida ilmiy asoslangan;
yaratilgan uskuna yordamida suv xo‘jaligi qurilishi korxonaci mo‘rikonidan chiqayotgan chiqindi gaz va chang aralashmalarini tozalash samaradorligini o‘zgarish qonuniyatlari chang havo aralashmasi oqim tezligi, maxsus ignalarning qiyalik burchagi va tozalovchi suyuqlik tarkibi asosida eksperimental aniqlangan;
yaratilgan suv xo‘jaligi qurilishi korxonaci mo‘rikonidan chiqayotgan chiqindi gaz va chang aralashmalarini tozalash uskunasiga mahkamlangan maxsus ignalarning qiyalik burchagi 900 va gaz-chang aralashmalarining tezligi 10-12 m/s bo‘lganda, tozalash samaradorligini oshishi aniqlangan;
yaratilgan uskuna yordamida N2O+tranformator moyi aralashmasidan iborat tozalovchi suyuqlik qo‘llanilganda, eng samarali tozalash darajasiga erishilishi ilmiy asoslangan;
IV. Tadqiqotning natijalarini joriy qilinishi Suv xo‘jaligi qurilishi korxonaci mo‘rikonidan chiqayotgan chiqindi gaz va chang aralashmalarini tozalash uskunasining tozalash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
№ IAP 06715 ixtiro patenti bilan himoyalangan uskuna Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Ravnaq Kapital” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Bo‘stonlik tumani Iskandar posyolkasida joylashgan “ENERGOQURILISHINDUSTRIYA” UK ning temir beton buyumlari zavodi, Bekobod shahrida joylashgan “BEKABAD OGNEUPOR” MChJ qo‘shma korxonasi, Ohangaron tumanida joylashgan “NAVBAHOR GISHT” mas’uliyati cheklangan jamiyati, O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “MEGA INVEST” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining 2022 yil 31 martdagi 03-02/7-705-son ma’lumotnomasi; Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi 2020 yil 30 noyabrdagi 01/12-4348 son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tashkilotlarda “Suv xo‘jaligi qurilishi korxonaci mo‘rikonidan chiqayotgan chiqindi gaz va chang aralashmalarini tutib qoluvchi uskuna”si qo‘llanilganda tozalash samaradorligi 93,1-95,6 % ni tashkil etgan. Ishlanma manbadan atmosfera havosiga tashlanayotgan chang va chiqindi gazlarni tozalash samaradorligini 8,5-9,8 % ga oshirish imkonini bergan; Iqtisodiy samaradorlik bir uskuna hisobiga 25516,16 ming sumni tashkil etgan.