Toshmatov Bobir Abdumanonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):     «Relyativistik astrofizik ob’ektlar atrofida elektromagnit, skalyar, gravitatsion g‘alayonlanishlar va zarralar dinamikasi», 01.03.01 –Astronomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/FM149.
Ilmiy maslahatchi: Ahmedov Bobomurat Juraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Astronomiya instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Astronomiya instituti, DSc.02/30.12.2019.FM.15.01
Rasmiy opponentlar: Bronnikov Kirill Aleksandrovich fizika-matematika fanlari doktori, professor (Rossiya); Dimnikova Irina Gavrilovna fizika-matematika fanlari doktori, professor (Pol`sha); Nuritdinov Salaxutdin Nasritdinovich fizika-matematika fanlari doktori, professor (O‘zMU)
Yetakchi tashkilot: Opava shaxridagi Sileziya universiteti qoshidagi Fizika instituti, Chexiya Respublikasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy nisbiylik nazariyasidagi astrofizik qora o‘ralar keng sinfining kvazinormal chastotalarining batafsil tavsifi, ularning gravitatsion to‘lqinlarining hususiyatlari va yashash vaqtlari, galaktikalar markazidagi o‘ta massiv qora o‘ralarning hosil bo‘lish mexanizmi, qora o‘ralar yaqinidagi aylanayotgan zarralar harakati kabi bir qator hodisalarni tavsiflashdan iborat.
III.   Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta umumiy nisbiylik nazariyasi va NEDning birgalikdagi elektr va magnit zaryadlangan Maksvell, Xayvard va Bardin qora o‘ralarining umumlashgan echimlari olingan;
NED va umumiy nisbiylik nazariyasidagi qora o‘ralarning elektromagnit g‘alayonlanishlarini o‘rganish orqali nafaqat yorug‘lik nurlari, balki elektromagnit to‘lqinlar ham NEDda fazo-vaqtning nol geodeziyasi bo‘ylab harakat qilmasligini ko‘rsatilgan;
NEDga qo‘shilgan umumiy nisbiylik nazariyasining fazo-vaqtlari hech qachon yo‘qolib ketmaydigan yorug‘lik halqalariga ega bo‘lishi isbotlangan;
NEDga qo‘shilgan umumiy nisbiylik nazariyasidagi yuqori zaryadlangan qora o‘ralar elektromagnit g‘alayonlanishlarni so‘ndirmasdan tebratishi ko‘rsatilgan;
elektr (magnit) zaryadli qora o‘raning juft-juftlikli elektromagnit g‘alayonlanishlari va magnit (elektr) zaryadli qora o‘raning toq-juftlikli elektromagnit g‘alayonlanishlari izospektral, ya’ni bir xil chastotali ekanligi ko‘rsatilgan;
umumiy nisbiylik nazariyasida politropik sferada kichik gravitatsion g‘alayonlanishlarni tadqiq qilish orqali galaktikalar markazida o‘ta massiv qora o‘ralar paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiruvchi model yaratilgan;
qorong‘u energiyaning mavjudligi sababli qora o‘ralar atrofida faqat cheklangan sohadagina aylanma turg‘un orbitalar hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Relyativistik astrofizik ob’ektlarning skalyar, elektromagnit, gravitatsion g‘alayonlanish-lar va zarralar dinamikasini tadqiq qilish asosida:
NED va umumiy nisbiylik nazariyasining birlashishidan olingan yangi qora o‘ra echimlari va ularning g‘alayonlanish-lari va shuningdek, galaktika markazida o‘tamassiv qora o‘ra hosil bo‘lish modeli bilan bog‘liq natijalar Chexiya ilm-fan jamg‘armasining 19-03950S, Chexiya Respublikasining Opava shahridagi Sileziya universitetining SGS/12/2019, SGS/14/2016 va Al`bert Enshteyn nomidagi gravitatsiya va astrofizika markazining 14-37086G raqamli grantlari doirasida (Chexiya Respublikasining Opava shahridagi Sileziya universiteti Fizika instituti xati ilova qilindi) va bir nechta xorijiy tadqiqotchilar tomonidan (Nature Astronomy, 2017; Journal of High Energy Physics, 2018; Living Reviews in Relativity, 2019; Physical Review D, 2019; Physics Letters B, 2019) faol galaktik yadrolarda joylashgan o‘tamassiv qora o‘ralar bilan bog‘liq turli xil hodisalarni o‘rganishda foydalanilgan;
deformatsiya yoki qorong‘u energiya hisobiga turli xil fizik hususiyatli astrofizik ob’ektlar atrofida harakatlanayotgan o‘zining hususiy aylanish momentiga ega bo‘lgan zarrachaning dinamikasi bo‘yicha tadqiqotlar Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim vazirligining maqsadli dasturi doirasidagi “Fundamental va amaliy fizika rivojlanish markazi” nomli IRN:BR05236454 va Nazarboev universitetining fakultetni rivojlantirish bo‘yicha raqobatbardosh ilmiy-tadqiqot grantlari 090118FD534, 090118FD5348 (Qozog‘iston Respublikasi Nazarboev universitetining xati ilova qilindi) va turli gravitatsiya nazariyalarida qora o‘ralar va ular atrofidagi akresiya bilan bog‘liq tadqiqotlar uchun bir qator xorijiy tadqiqotchilar (Physical Review D, 2018; European Physical Journal C, 2019; Galaxy, 2020; Universe, 2020) tomonidan ishlatilgan;
bir jinsli changdan yasalgan sferik sharning Eynshteyn-Gauss-Bonnet qora tuynugiga kollapsi bo‘yicha tadqiqotlar natijalari Hindistondagi Universitetlararo grant qo‘mitasi loyihalari Xindistonning Universitetlararo grant qo‘mitasi dasturlari doirasida (Xindistonning Universitetlararo grant qo‘mitasining 2021 yil 28 yanvardagi ma’lumotnomasi) va shuningdek, xorijlik olimlar tomonidan (Journal of High Energy Physics, 2020; Physics Letters B, 2020; Physics of the Dark Universe, 2020; European Physical Journal C, 2020) Eynshteyn-Gauss-Bonnet nazariyasidagi qora o‘ralarning fizik xususiyatlarini o‘rganishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish